Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSJuma, 05.12.2025, 23:47

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Tango
Selena Gomez hayoti va ijodi
Otabek Mutalxojayev hayoti va ijodi
Qo'shiq
Qanday qilib tonallikni topish?
Pul toppish yo'llari
Bodring yetishtirish
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Qanday qilib issiqxona qurish
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Pomidor yetishtirish
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Bilasizmi?
Буржингизга қараб, ўзингизни мусбат ва манфий хислатларингизни биласизми?
Burjlar va karyera
Baxtli oila qurishning 25 siri
Ayol go'zalligining 10 siri.
Birinchi uchrashuvga chiqishdagi qoidalar
Qo'y muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'lishadi?
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 176
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 9 » Doni Zokirov
18:49
Doni Zokirov

Doni ZOKIROV
 

(1914-1985)

 

O'zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijor, murabbiy,
jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov ajoyib qo'shiq
,
romans, musiqali drama, balet, simfonik va xalq cholg'ulari orkestri uchun bastalagan musiqiy asarlari bilan o'zbek musiqa madaniyatini boyitdi.

Doni Zokirov 1914-yil 28-dekabrda Samarqand shahrida tug'ildi. U bolaligidan musiqaga qiziqdi. 1926-yil o'rta ta'lim maktabiga o'qishga bordi va maktabdagi musiqa to'garagiga qatnashdi. Nay, dutor, g'ijjak chalishga qiziqdi. Mashhur san'atkor Muhiddin Mavlonovdan o'zbek va tojik xalq merosini va ijrochilik sirlarini o'rgandi. 1929-yilda Samarqanddagi N. N. Mironov rahbarligidagi musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutiga o'qishga kirdi. 1929— 1935-yillari Respublika musiqali drama teatrida sozanda bo'lib ishladi. Mazkur teatmi tashkil qilgan ulug' san'atkor Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Usta Olim Komilovlardan saboq oldi va birga ishladi. 1936-yilda Toshkentda O'zbekiston Davlat filarmoniyasi ochildi va shu ansamblga konsertmeyster lavozimiga ishga taklif qilindi, keyinchalik musiqa rahbari bo'lib tayinlandi. 1940—1948-yillari Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida, so'ngra O'zbekiston Davlat radioeshittirish qo'mitasi qoshidagi o'zbek xalq cholg'u asboblari orkestrida dirijor oo'lib ishladi.

1940— 1942-yillari Toshkent Davlat konservatoriyasining tayyorlov kursida o'qidi, lekin urush tufayli o'qishni 1953-yili bitirdi. O'zbek ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar bo'lib faoliyat ko'rsata boshladi. 1957-yili O'zbekiston radioeshittirish qo'mitasi qoshida O'zbek xalq cholg'u asboblar orkestriga bosh dirijor va badiiy rahbar lavozimiga tayinlandi.

1934-yilda birinchi yirik ijodi Z. Fatxulinning «G'unchalar» pyesasi uchun bastalagan musi- qasidir. U ilk ijodiy yutug'idan keyin qo'shiq va ashulalar yaratdi. Jumladan: «Ona orzusi», «Zafar topib», «01 qasos», «Jangda bardam bo'l» kabi vatanparvarlik mavzusidagi qo'shiqlar yozdi. Alisher Navoiyning «Orazi» va «0'rtanur» g'azallariga fortepiano jo'rligida qo'shiqlar, simfonik orkestr uchun suita, O'zbek xalq cholg'ulari ansambliga III qismli «Mehnat fronti» nomli suita, «Orzigul» va «Yoriltosh» spektakllariga musiqa bastaladi. D. Zokirov musiqali sahna asarlar yaratishga katta e'tibor berdi. «So'nmas cliiroqlar», «Dalada bayram», «Vatan qirg'oqlari», «Yoshlikda bergan ko'ngil», «Hayot mash'ali», «Mening jannatim», «Shahzoda va yetim qiz» musiqali dramalarini yaratdi.

Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri sahnasida «Oynisa» baleti, «Zaynab va Omon» operasi tomoshabinlarga havola etildi. Quyidagi «Amirlikning yemirilishi», «Qutlug' qon», «Yor- yor» kinofilmlariga musiqalar, simfonik orkestr uchun «Hamza» nomh poema yaratdi. Alisher Navoiy g'azallariga bastalagan «Ko'rmadim», «Ey sabo», «Bo'lmasa», «Ayb etmangiz», Turob to'la she'riga «Bulbul» nomli romanslari simfonik orkestr jo'rligida mashhur bo'lib ketdi. Yuzdan ortiq ashula, ommaviy xor qo'shiqlarini yaratdi. Bularga «0'zbekistonim», «Tinchlik qo'shig'i», «Paxtakor diyor», «Hayot gulshani» kabilar misol bo'la oladi. O'zbek mumtoz musiqa namunalarini qayta ishlab, o'zbek xalq cholg'ulari orkestri, yakka cholg'ular va orkestrga moslash- tirdi. Bular orkestr uchun: «Yowoyi Chorgoh», «Fig'on», «Qaytarma», «Cho'li Iroq», «Farg'onacha», «Savti navo», «Mirzadavlat», «Nasrulloyi», «Tasnifi dugoh», «Ufori navo», «Rajabiy», «Jazoir». Bolalar uchun «Sayohat — rohat» «Kungaboqar», «Oppoq otim», «Kapalak va handalak», «Bog'da pishdi, uzumlar», «Yangi yilim — yaxshi yilim», «Kitob mening do'stimsan», «Ko'ylagim», «Bolalar valsi», «Baxtiyorlar qo'shig'i», «01ma» qo'shiqlariga kuy bastaladi.

Doni Zokirov O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, O'zbekiston xalq artisti faxriy unvonlariga sazovor bo'ldi. Orden, medallar va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.

Bo'lim: O'zbek kompozitorlari | : 4903marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: O'zbek kompozitorlari, Doni Zokirov | Reyting: 3.0/2
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    To'lqin Toshmatov
    Tanbur
    Sherali Jo'rayev hayoti va ijodi
    Iogan Sebastyan Bax
    Rayhon G'aniyeva hayoti va ijodi
    Skripka
    Eminem hayoti va ijodi
    Tarkan hayoti va ijodi
    Jaz musiqasi
    Ulug'bek Raxmatullayev hayoti va ijodi

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта