Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSSeshanba, 14.05.2024, 13:10

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Musiqa xayotimizda [1]
Musiqaning xayotimizdagi o'rni
Burjlar va muchallar orqali xarakterni bilish [31]
Inson xarakteri qanday ekanligini va u inson sizga qanchalik darajada to'g'ri kelishini muchallar va burjlar orqali bilish.
Munosabat [3]
Sevgi borasida muammolarga duch kelyapsizmi? Balki bizning maslahatlar sizga kerak bo'lar.
Oila [1]
Mustahkam oila sirlari
Salomatlik [0]
Biznes (ish) [0]
Psixologiya [0]
Avto [0]
Go'zallik va mdda [3]
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Otabek Mutalxojayev hayoti va ijodi
Qo'shiq
Selena Gomez hayoti va ijodi
Qanday qilib gitarani noxun bilan chertish ( o'ng qo'l )
Qanday qilib tonallikni topish?
Pul toppish yo'llari
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Pomidor yetishtirish
Qanday qilib issiqxona qurish
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Bodring yetishtirish
Bilasizmi?
Burjlarning bir-biriga mos kelishi. Juftingizning muchali sizga mos keladimi? chayon (24 oktyabr - 22 noyabr) muchallari mos keladimi ?
Juftingizning muchali sizga mos keladimi? Arslon Muchallar mos kelishligi.
Quyon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Burjlarning bir-biriga mos kelishi. Juftingizning muchali sizga mos keladimi? Sunbula Muchallar mos kelishligi
Burjlarga qarab sovg’a tanlash — Mezon (24 sentabr – 23 oktabr)
Burjga qarab sovg’a tanlash — Aqrab (24-oktabr – 22-noyabr)
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 129
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Каталог статей

Главная » Статьи » Burjlar va muchallar orqali xarakterni bilish

Qo'y muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'lishadi?

1907, 1919, 1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015 yillarda tavallud topganlar
Sharq, xalqlarida qadimdan hozirgacha qo'ylar odamlar va bo'rilarning yemishi sanalib, yuvoshligi, qanoatliligi, bosh egishi, itoatkorligi bilan qadrlanib kelingan. Shunday sifat va fazilatlar mazkur muchal yilida tug'ilganlarga ham xosdir. Mazkur muchal yilida tavallud topganlar iste'dodli kishilardir. Ular boy hayotiy tasavvurga, hissiyotga, tug'ma qobiliyatga ega bo'lib, go'zallik shaydosidirlar. Qo'y muchalida tug'ilganlar Sharq muchal taqvimiga ko'ra tasviriy san'at bo'yicha tug'ma iqtidor va qobiliyatga ega bo'ladilar. Ular tortinchoq, tushkunlikka beriluvchan, mutaassiblikka moyil bo'ladilar. Qo'y belgisidagi erkaklarni (ayollarni ham) ko'proq g'ayritabiiy va sirli xodisalar qiziqtiradi. Mabodo, egallagan kasbi yoki sohasi shular bilan bog'liq bo'lsa, yaxshi mutaxassis bo'lib yetishadilar. Masalan, astrologiya, valeologiya (uzoq umr ko'rish to'g'risidagi fan sohasi), kosmogoniya, numerologiya, tush ta'biri, psixologiya, psixoanalitika, psixoterapevtika, parapsixologiya, ijtimoiy psixologiya, ufologiya, xiromantiya kabi fan sohalari shular jumlasidandir. Hayotiy muammolar oldida xuddi qassob oldida oyoq-qo'li bog'langan qo'y kabi o'zlari ojiz, najotsiz ko'radilar. Ular yumshoq xarakterga ega bo'lib, tabiatlarida injiqlik ko'p bo'ladi va ota-onalari, yaqinlari tomonidan hozirlab qo'yilgan qulayliklarni yoqtiradilar. Yaxshi ta'bga ega bo'lib, o'zlari qiziqib tanlagan kasbi bo'yicha maroq bilan ishlaydilar. Mulohazali va ko'ngilchandirlar. Aksariyat hollarda ular moddiy jihatdan ta'minlangan bo'ladilar. Ular boshqalarga yoqadilar va atrofidagi yaqinlariga tobe bo'ladilar. Hayotda mustaqil bo'lishga qiynaladilar. Ularda ma'suliyat hissi, tashabbuskorlik, iroda kabi xususiyatlar kam bo'lib, ko'proq tashqi, atrof-muhit ta'sirida bo'ladilar. Shuning uchun ham ular jamoatda ishlashni ma'qul ko'radilar. Chunki jamoat tomonidan ular qo'llab-quvvatlanadilar. Mabodo, qo'llab-quvvatlovchi, yordam beruvchilar bo'lmasa, ular qashshoqlik va muhtojlikda kun kechiradilar. Mazkur muchal yilida tug'ilganlar orasida yozuvchilar, shoirlar, artistlar, yuqori tabaqalar orasida yuruvchi, ular hisobidan kun ko'ruvchi ayollar ko'p uchraydi. Ularning hayoti, taqdiri o'zlaridan ko'ra, ko'proq atrofidagilarga bog'liq bo'ladi.

Qo'y muchalidagi erkaklar: Mazkur muchalda tug'ilan erkaklar ko'ngliga yoqqan mashg'ulot bilan yoki umuman nima bilan shug'ullanish kerakligini tezda hal eta olmaydilar. Garchi ular hamma bilan ham chiqishadigan, murosali bo'lsalarda, o'zlarining qat'iy tamoyillari, odatlari va qarashlari bor. Agar siz uning bilan birga yashashga axd qilgan bo'lsangiz, albatta ana shularni hisobga olishingiz zarur. O'z xarakterlariga ko'ra, mazkur muchal sohiblari tartib-intizomga u qadar rioya qilmaydigan, ish yoki o'qishga doimo kech qolib keladigan bo'ladilar. Qo'y muchalida tug'ilgan erkaklarning hayoti ko'proq ota-onasiga, yaqinlariga bog'liq bo'ladi. Ularning har jihatdan, ayniqsa, moddiy-moliyaviy jihatdan yordamlariga muhtojdirlar. O'z tabiatlariga ko'ra juda ham nozikta'b, jur'atsiz bo'lganliklari sababli ularni ruhiy bosim ostiga olish mumkin emas. Ularning hayotiy xavfsizligi ta'minlansa, har qanday turmush sharoitiga moslasha oladilar.
Qo'y muchalidagi ayol(qiz)lar: bu ayol(qiz)lar qo'ydek «yuvosh», tom ma'noda go'zallik va nafislik timsolidirlar. Qo'y muchali-ayol(qiz)lar muchali sanaladi. Ushbu muchalda tug'ilgan ayol(qiz)lar, atrofdagilarni o'zlariga sehrlab oladilar. Ular juda ham yoshlik chog'idan o'zlariga e'tibor berib, hammaning diqqat markazida bo'lishga intiladilar. Moliyaviy masalalarda qiyinchiliklarga uchraydilar. Chunki bu borada ular no'noq bo'lib, hech bir narsani o'zlari mustaqil hal eta bilmaydilar va doimo ularga kimlarningdir rahnamolik qilishlariga muhtoj bo'ladilar. Birinchi raqamda bo'lish ular uchun emas. Mazkur muchaldagi ayol(qiz)larning hushtorlari, muxlislari ko'p bo'lib, ularning qaysi birini o'ziga munosib, deb tanlashga juda qiynaladilar. Qo'y belgisidagi ayol(qiz)lar jur'atsiz, judaham ishonuvchan, noziktabiat, tantiq va injiqdirlar. O'z shaxsiy hayotini yo'lga qo'yishga qiynaladilar. Yaqinlari, ota-onasi, aka-ukalari va boshqalar tomonidan ular qo'llab-quvvatlanishi, har jihatdan yordam berib turilishi lozim bo'ladi. Chunki bu ayol(qiz)larga to'kin hayot va qulay yashash sharoiti juda ham kerak. Qo'y muchalidagi ayol(qiz)lar uy, ro'zg'or uchun yaramaydigandek tuyulishi mumkin. Doimo ham shunday emas. Ularning ko'pchiligi o'z hayotini, vaqtini oilasi va uyiga baxsh etadilar. Uy ishlarini bajaradilar, ajoyib, xushta'm ovqatlar tayyorlaydilar, bolalarga qaraydilar, uyni saranjom-sarishta qiladilar. Tabiatlariga ko'ra, bu ayol(qiz)lar juda ham mehmondo'st bo'lib, ularning uyidan mehmonlar arimaydi. Mazkur muchalda tug'ilgan ayol(qiz)lar ichida aslzoda va kiborlar davrasini hush ko'rib, ular hisobidan kun kechiradiganlari ham uchraydi.

Категория: Burjlar va muchallar orqali xarakterni bilish | Добавил: jabbarovfurqat (16.05.2017)
Просмотров: 2035 | Теги: psixologiya, muchallar | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Banjo
    Habibulla Raximov
    Pianinoda postanovka va barmoqlar joylashuvi. 2-dars
    Doni Zokirov
    Nadim Norxo'jayev
    Rahmatjon Tursunov
    Muxtor Ashrafiy
    Hip-hop musiqasi
    Mutal Burxonov
    Qanday qilib gitarani noxun bilan chertish ( o'ng qo'l )

    Copyright MyCorp © 2024
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта