Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSYakshanba, 15.06.2025, 02:42

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Hip-hop musiqasi
Tango
Shakira hayoti va ijodi
Qanday qilib tonallikni topish?
Qo'shiq
Pul toppish yo'llari
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Qanday qilib issiqxona qurish
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Pomidor yetishtirish
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Bodring yetishtirish
Bilasizmi?
Uzliksiz musiqiy ta'limda o'quvchilarning nazariy bilimlarini shakillantirish
Baxtli oila qurishning 25 siri
Birinchi uchrashuvdayoq qiz bolaga yoqib qolay desangiz…
Burjlar va karyera
Ot muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'lishadi?
Quyon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 167
Statistika

Saytda onlayn: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » May » 11 » Sherali Jo'rayev hayoti va ijodi
09:56
Sherali Jo'rayev hayoti va ijodi

Sherali Joʻrayev — taniqli Turk / o’zbek qoʻshiqchisi, bastakori, shoiri va aktyori. 1987-yil Joʻrayevga Oʻzbekiston xalq artisti unvoni berilgan 1991-yil unga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berilgan. Joʻrayevning qoʻshiqlarni oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan.

Joʻrayev tabiatan shirali ovozga ega. Ijro uslubi monologik, dramatik iztiroblarga asoslangan. Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqchilligi, mushohadali, falsafiy mazmunga boyligi, benazir jozibasi va teran insoniy dardliligi bilan ajralib turadi. Joʻrayev repertuari koʻp qirrali va rang-barang. Qoʻshiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jomeʼ va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalar) shoirlarning sheʼrlari tashkil etadi.

Joʻrayev eng mashhur va eng nufuzli oʻzbek qoʻshiqchilaridan biri boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston hukumati uning ijodini 2002-yildan beri barcha oʻzbek TV kanallarida namoyish qilishni man qilib hamda qoʻshiqchining katta sahnaga chiqishiga yoʻl qoʻymay kelmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovga Joʻrayevning tanqidiy qoʻshiqlari maʼqul kelmagan, degan fikr keng tarqalgan. Qoʻshiqchi oʻzi bu haqida ochiqcha gapirishni istamaydi. Ijodi man qilingan boʻlsa-da, Sherali Joʻrayev boshqa mamlakatlarda va toʻy-marosimlarda qoʻshiq kuylab turadi.

Sherali Joʻrayev 1947-yil Asakada tugʻilgan. Uning qaysi kunda tugʻilgani nomaʼlum. Qoʻshiqchi 12-aprelni ramziy ravishda oʻz tugʻilgan kuni qilib tanlagan. Qoʻshiqchiga koʻra, uning bu sanani oʻz tugʻilgan kuni oʻlaroq tanlashiga yana bir sabab u Kaaba ichiga 12-aprel kuni kirganidir.

Joʻrayev 1972-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1976-yil Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutini yakunlagan. Joʻrayevning uch oʻgʻli va uch qizi bor. – Shohjahon Joʻrayev va Zoirshoh Joʻrayev va Botir Qodirov (Juraev) ham qoʻshiqchilik yoʻlini tanlagan.

Joʻrayev oʻzbek davlat estradasi (1972-1973), „Shodlik“ ashula va raqs ansambli (1972-1979), Andijon viloyati filarmoniyasi (1979-1986), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1986-1996), „Oʻzbeknavo“ birlashmasi (1999-yildan)da yakkaxon xonanda boʻlgan.

Joʻrayev tabiatan shirali ovozga ega. Ijro uslubi monologik, dramatik iztiroblarga asoslangan. Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqchilligi, mushohadali, falsafiy mazmunga boyligi, benazir jozibasi va teran insoniy dardliligi bilan ajralib turadi. Joʻrayev repertuari koʻp qirrali va rang-barang. Qoʻshiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jomeʼ va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalar) shoirlarning sheʼrlari tashkil etadi. 2008-yil Joʻrayev uyida Rumiyxonlik kechalarini uyushtirgan.

Sherali Joʻrayev oʻzining uzoq yillik ijodi davomida yuzlab qoʻshiq yozib, ijro etgan. Uning eng mashhur ashulalari orasida „Bahor ayyomi“ (Bobur sheʼri), „Birinchi muhabbatim“ (Abdulla Oripov sheʼri), „Inson qasidasi“ (Erkin Vohidov sheʼri), „Karvon“, „Meni kutgil“ (Konstantin Simonov sheʼri), „Oshiqlar sardori“ (Rasul Hamzatov sheʼri), „Oʻzbegim“ (Erkin Vohidov sheʼri), „Oʻxshamas“ (Alisher Navoiy gʻazali) qoʻshiqlari bor.

Joʻrayevning „Oʻzbegim“ qoʻshigʻi World Music Network 2005-yil chiqargan „Oʻrta Osiyo musiqasi boʻyicha umumiy qoʻllanma“ (ingl. Rough Guide to the Music of Central Asia) albomiga kiritilgan. 2004-yil 23-aprelda Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning 78 yoshga toʻlish munosabati bilan Britaniya elchisi Craig Murray mingdan oshiq mehmonni elchixonaga chaqirgan. Toshkentdagi tadbirga Sherali Jo‘rayev, Sevara Nazarxon va Vladimir Neimer dirijorlik qilgan orkestr chaqirilgan. Oʻsha paytda yana Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Shotlandiyalik Battlefield guruhining Oʻzbekiston boʻylab turini uyushtirgan. Bu guruh bilan Joʻrayev ham birga qoʻshiq kuylagan.

Joʻrayev aksar qoʻshiqlari kuyini oʻzi bastalagan (jumladan, „Birinchi muhabbatim“, „Oʻzbegim“, „Karvon“, „Achchiq haqiqat“, „Yaralgan“, „Oshiqlar sardori“, „Inson qasidasi“, „Oshiq boʻling“ va boshqalar). Baʼzi qoʻshiqlarining matnini ham oʻzi yozgan. Bular orasida „Bobo Dehqon“, „Zamon“, „Qarashlarga“, „Ona Turkiston“, „Sohibqiron“, „Doʻst boʻlsang, yonimda tur“, „Qayon ketmoqdasiz?“ ashulalari bor.

1992-yilda Oʻzteleradiokompaniyasi Joʻrayev ijodiga bagʻishlangan „Bir ulugʻ el bor jahonda“ film-esse yaratgan. Qoʻshiqchi Yevropa, Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Jo‘rayev 1990-yildan 1995-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi aʼzosi boʻlgan. U „Sherali va Oybarchin“ filmiga ssenariy yozgan va filmda bosh rolni oʻynagan. 1998-yil „Bola yerning sultoni“ (rus. Ребенок — султан Земли) deb nomlanuvchi kitob yozgan.

Bo'lim: Yulduzlar hayoti va ijodi | : 2317marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: Yulduzlar hayoti, Sherali Jo'rayev | Reyting: 0.0/0
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  May 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    G'ofur Qodirov
    Violonchel
    To'lqin Toshmatov
    Tango
    Pianinoda postanovka va barmoqlar joylashuvi. 2-dars
    Men xam qo'shiq aytaolamanmi?
    Eminem hayoti va ijodi
    Alisher Uzoqov hayoti va ijodi
    Toxir Sodiqov "Bolalar guruxi" xayoti va ijodi
    Simfoniya

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта