Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSYakshanba, 15.06.2025, 03:15

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Hip-hop musiqasi
Tango
Shakira hayoti va ijodi
Qanday qilib tonallikni topish?
Qo'shiq
Pul toppish yo'llari
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Pomidor yetishtirish
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Bodring yetishtirish
Qanday qilib issiqxona qurish
Bilasizmi?
Ayol go'zalligining 10 siri.
Maymun muchali yilida tug'ulganlar qanday inson bo'ladi?
Burjlarga qarab sovg’a tanlash — Mezon (24 sentabr – 23 oktabr)
Burjlarning bir-biriga mos kelishi. Juftingizning muchali sizga mos keladimi? Tarozu (24 sentyabr - 23 oktyabr)
Sigir muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Burjga qarab sovg’a tanlash — Saraton (22-iyun 22 iyul)
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 167
Statistika

Saytda onlayn: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 1 » Jaz musiqasi
10:32
Jaz musiqasi

Jaz (ing . jazz) — professional musiqa turi, zamonaviy ommabop, xususan estrada musiqasittt asosiy uslubiy manbalaridan biri. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Afrika va Yevropa musiqa madaniyatining elementlari bir-biriga qoʻshilishi natijasida Nyu-Orlean afroamerikaliklari ijodida yuzaga kelgan. Afrika xalklari folklorining belgilari — bir yoʻla turli usullarning yangrashi, deyarli har gal oʻzgarib turuvchi asosiy kuyning koʻp takrorlanishi, oʻziga xos nolalarga boyligi, hayajonli kuylash uslubi, muayyan yoʻnalishdagi ijroviy badihagoʻylik — Jazning tub xususiyatlariga aylangan.

Dastlab 7—8 sozandadan iborat ansambl qatnashchilari yaratgan va oʻzlari ijro etgan asarlar Jaz yoki "jazband" deb atalgan. Jaz asoschilari L.S. Armstrong , J.K. Oliver, J. Dode, E. K. Ori, J.R.Morton va b. ana shunday ansambllarning rahbari boʻlgan. Keyinchalik ularga taklidan diksilend guruhlari paydo boʻlib, Jaz sanʼatini Amerika va Yevropa mamlakatlarida targʻib etgan. 1930-y.largi "sving" (D. Ellington, U. K. Beysi), 40-y.lari "bibop" (Ch. Parker, D. D. Gillespi), keyinchalik "kul" (M. Deyvis) va b. uslublar yuzaga kelgan, yirik J. orkestrlar tashkil topgan. B. Gudmen (1962 y. Toshkentda oʻz orkestri bilan gastrolda boʻlgan), G. Miller va J. Koltreyn (AQSH), J. Dankvort (Angliya), M. Legran (Fransiya), K. Vlax va G. Brom (Chexoslovakiya), K. Edelxagen (Germaniya), K. Komeda (Polsha), A. Sfasman, L.

Utyosov, O. Lundstrem (Rossiya) mashhur J. orkestrlarining asoschilaridir. Oʻzbekistonda Jaz musiqasi 1940-y.larning 2-yarmida yuzaga kela boshlagan. Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Andijon kabi shaharlarning kinoteatr, madaniyat saroyi, shahar bogʻlarida D. Sokolov, A. Pozdnyakov, M. Azatyan va b. rahbarligida tashkil topgan musika ansambllari Jaz va estrada musiqasi namunalarini ijro etgan. 1958 y.da Oʻzbekiston estrada orkestri, 1963 y.da Oʻzteleradio qoshida Estradasimfonik orkestrlarning tarkib topishi Jaz rivoji uchun turtki boʻlgan. Bunda ayniqsa A. Kroll, A. Malaxov, Ye. Jivayev kabi dirijyorlarning qoʻshgan hissasi salmokli boʻlgan. "Namanganning olmasi" (Sh. Ramazonov), "Qiz bola" (E. Solihov) qoʻshiqlarining J. uslubida qayta ishlangan variantlari, A. Malaxovning oʻzbek ohang va usullaridan foydalnib yozilgan "Yulduz doirasi", "Qora koʻzlar" orkestr asarlari milliy Jaz musikasining ilk namunalaridandir. Jaz musikasi keyingi davrda ham taraqqiy etdi. 1968 y.da Toshkentda 1-Jaz musiqasi festivali boʻlib oʻtdi; 1977, 1978, 1984 y.lari Fargʻonada Jaz musiqasi xalqaro festivallari oʻtazilgan; mazkur shaharlarda Jaz klublari, Buxoro, Navoiy va b. shaharlarda Jaz guruxlari tashkil topgan. Bulardan E. Qalandarov, S. Gilyov ("Inter"), L. Otabekov ("Sato"), B. Smetanov ("Raduga"), G. Kapriyelov ("Osiyo") rahbarligidagi guruxlar xalqaro Jaz festivali va estrada tanlovlarida sovrinli urinlarga ega boʻldilar. Hozirda J. musiqasi ijrochilaridan "Oʻzbeknavo" qoshidagi B. Zokirov nomidagi estrada orkestri (Ye. Jivayev), Toshkent davlat konservatoriyasining big bendi (jaz orkestri) (B. Murtazayev), G. Bugdanov, A. Xabirxanov rahbarligidagi guruxlar faoliyat kursatmokda. Oʻzbekiston Jaz musikasi namunalari "Melodiya" firmasi tomonidan gramplastinkaga yozilgan: "Sharq syuitasi" (Toshkent Jaz klubi guruhi), "Efsane" ("Sato" guruhi) va boshqalar.

Bo'lim: Musiqa turlari | : 2149marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: Musiqa turlari, jaz muiqasi | Reyting: 0.0/0
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Yunus Rajabiy
    Kaniza hayoti va ijodi
    Lola hayoti va ijodi
    Muxtor Ashrafiy
    Sherali Jo'rayev hayoti va ijodi
    Selena Gomez hayoti va ijodi
    Habibulla Raximov
    Farxod Alimov
    Shoxrukxon hayoti va ijodi
    Otabek Mutalxojayev hayoti va ijodi

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта