Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSChorshanba, 15.05.2024, 00:46

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Sayt ochish va sayt orqali pul ishlash [0]
Bu bo'limda sizlar bilan sayt ochish va sayt orqali pul ishlashni o'rganamiz.
Saytsiz internetda pul ishlash [4]
Bu sahifada biz saytimiz bo'lmagan taqdirda xam internet orqali pul ishlashni o'rganamiz.
Dexqonchilik orqali pul topish [3]
Bu bo'limda siz dexqonchilik orqali pul toppish sirlarini o'rganasiz
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Otabek Mutalxojayev hayoti va ijodi
Qo'shiq
Selena Gomez hayoti va ijodi
Qanday qilib gitarani noxun bilan chertish ( o'ng qo'l )
Qanday qilib tonallikni topish?
Pul toppish yo'llari
Pomidor yetishtirish
Qanday qilib issiqxona qurish
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Bodring yetishtirish
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Bilasizmi?
Burjga qarab sovg’a tanlash — Asad (23 iyul- 23- avgust)
Soat nechida tug'ilganligiga qarab xarakterni bilish
Baxtli oila qurishning 25 siri
Burjga qarab sovg’a tanlash — Qavs (23 noyabr – 21- dekabr)
Burjga qarab sovg’a tanlash — Aqrab (24-oktabr – 22-noyabr)
Burjga qarab sovg’a tanlash — Buzoq (21 aprel – 20 may)
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 129
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Блог

Главная » 2017 » May » 15 » Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
19:31
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt

Maqola sarlavhasidan kelib chiqib «Faqat video montaj bilan shug’ullansam bo’ldi ekan», degan hayolga bormang. Quyida keltiriladigan 8 sayt orqali pul ishlashingiz uchun video montaj bilan yaxshi shug’ullana olishingiz bilan bir qatorda yaratuvchanlik va ma’lum bir sohada bilim/qobiliyatga ega bo’lishingiz ham talab etiladi. Bu ish biz odatlanib qolgan to’y yoki bazm tasviri tushurilgan videoni montaj qilish ishi emas, balki asosiy kasb sifatida uzoq yillar davomida mashg’ul bo’lish mumkin bo’lgan haqiqiy soha hisoblanadi. Ushbu maqolada asosiy gap video materiallarni tayyorlab, ularni keng jamoatchilikka taqdim etish haqida boradi. Kengroq fikrlab, o’z mavzularini keraklicha yo’naltira olgan kishi esa albatta bu sohada anchagina daromad ko’rishi mumkin.

Maqolamizda faqat xorijiy video saytlar va manbalar haqida fikr yuritamiz. O’zbekistonda TAS-IX tizimida video ko’rishga ishtiyoqmandlar juda ko’p. Albatta, tashqi traffikning tugab qolishidan qo’rqib faqat milliy saytlarimizdan video ko’ruvchilar talaygin. Ammo bizda YouTube kabi video gigantlar orqali video ko’ruvchilar ham kam emas. Bizda internetning kun sayin yaxshilanayotganligini va bundan keyin tashqi traffik, TAS-IX traffik degan tushunchalar o’rtasidagi farqning yo’qolib borayotganligini hisobga olsak, maqolada keltiriladigan manbalar va saytlarning ahamiyati, foydali jihatlari bugungi kunda va bundan keyingi kelajakda ortib borishini bilib olish mumkin. Video montaj orqali video roliklar tayyorlashda quyidagi foydali saytlardan foydalaning:

YOUTUBE – Hech qanday izohga xojat yo’q, deb o’ylayman. Video orqali pul ishlash uchun eng yaxshi sayt. Millionlab tomoshabinlarni jamlay olgan katta televideniyaga o’xshatish mumkin bu saytni. O’z efiringizga bepul ega bo’lishingiz va qiziqarli ma’lumotlar jamlangan roliklaringiz bilan dunyoga tanilishingiz mumkin. Videolaringizni ko’rayotgan foydalanuvchilar oqimini esa o’zingiz istagan saytga yo’naltirishingiz juda oson bo’ladi.

AOL ON – Yangi narsalarni video darslar asosida o’rgatishga asoslangan ajoyib sayt. Nimadir yasashni bilasizmi? O’zingiz bilgan nimanidir boshqalarga o’rgatmoqchimisiz? Unda bu sayt orqali video roliklaringizni mashxur qilib, u orqali yaxshigina daromad ko’rishingiz mumkin.

METACAFE – Mashxur video portal. Bu portal YouTube singari yirik bo’lmasa ham, bugungi kunda o’zining o’rniga ega bo’lishga ulgurgan. Bu saytga ham YouTube muqobili sifatida qarashingiz mumkin.

CAMTASIA STUDIO – Video darslar tayyorlash uchun juda qulay dastur. Unda darslarni tayyorlashingiz uchun barcha imkoniyatlar bor. Saytimdagi ingliz tili video darslari ham huddi shu dastur yordamida tayyorlangan.

VIMEO – Video darslarni yuklash va millionlab tomoshabinlar e’tiborini tortish uchun yaxshi sayt.

FLIXYA – Yaxshi video manbalar bilan bir oyda milliondan ortiq tomoshabinlarni yig’ishingiz mumkin. YouTubedan keyin Flixya yaqida jiddiyroq o’ylab ko’rishingizni tavsiya etaman – video darslar uchun juda qulay sayt!

INSTRUCTABLES – Faqat video darslar, o’rgatuvchi roliklar va nimani qanday qilib bajarish kerakligini ko’rsatgan qiziqarli video ma’lumotlar sayti. Yaratuvchanligingiz, bilimingiz va video montajdagi mahoratingiz bilan bu sayt orqali yaxshigina daromad olishingiz mumkin.

SCREENCASTOMATIC – Camtasia Studioning muqobili. Video darslar va o’rgatuvchi roliklar tayyorlash uchun qulay, ajoyib dastur!

Xulosa o’rnida video tayyorlash bilan internet orqali qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida to’xtalmoqchiman. Ushbu maqolani o’qigandan so’ng ko’pchilikda «Men video montajni bilaman, qanday qilib internetda pul ishlashim mumkin?» degan savol tug’ilishi mumkin. Agar Sizda bunday savol tug’ilgan bo’lsa, Siz internet orqali video montaj bilan pul ishlash fikridan qaytganingiz ma’qul. Chunki montajni bila turib, video dars tayyorlashni uddalay olib, uni qanday qilib pul keltiradigan manbaga aylantirishni o’ylab topa olmaydigan kishi bu sohaga kirmagani ma’qul. Hammasi o’z yaratuvchanligingiz, fantaziyangiz va tadbirkorligingizga bog’liq.

Millionlab tomoshabinga ega xalqaro televideniyaga ega bo’lgan holda u orqali qanday qilib pul ishlash mumkinligini tushunib yetganlarga omad tilayman!

Категория: Saytsiz internetda pul ishlash | Просмотров: 1790 | Добавил: jabbarovfurqat | Теги: pul ishlash, Internet olami | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  May 2017  »
DuSeChorPayJuShYak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Yunus Rajabiy
    Qanday qilib gitara sotib olish.
    Shakira hayoti va ijodi
    Pop musiqasi
    Jaz musiqasi
    Pianinoda postanovka va barmoqlar joylashuvi. 2-dars
    Dilso'z hayoti va ijodi
    Dutor
    Doira
    Munisa Rizayeva hayoti va ijodi

    Copyright MyCorp © 2024
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта