Rayhon Gʻaniyeva (1978-yil 16-sentabr kuni tugʻilgan) — shunchaki Rayhon oʻlaroq maʼlum oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori, aktrisasi va rejissori. Rayhon 2002-yil „Baxtli boʻlaman“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. U ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.
Rayhon oʻzbek kino sanʼatida 2007-yilgi „Kechir“ dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Uning rolini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi kutib olishdi. Rayhon mazkur filming ssenariysini yozgan va unga rejissorlik qilgan. Ammo undan keyingi yillarda Rayhon birorta ham filmda yirik rol oʻynamadi.
Hayoti
Rayhon Gʻaniyeva 1978-yilning 16-sentabrida Toshkent shahrida tugʻilgan. Onasi Tamara Shokirova taniqli akstria boʻlgan va Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan. Otasi Otabek Gʻaniyev ham Oʻzbekistonda va boshqa sobiq sovet mamlakatlarida shuhrat qozongan aktyor boʻlgan.
2012-yil 16-noyabrda Rayhon Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining 22 yoshli talabasi Yigitali Mamajonovga turmushga chiqdi. Mamajonov bundan keyin Rayhonning bir necha musiqiy klipida rol oʻynadi. 2014-yilning 5-mayida Rayhon egizak oʻgʻil tugʻdi 2015-yilning 9-yanvarida oʻzbek matbuotida atigi ikki yil birga yashagan Rayhon va Mamajonov ajrashayotgani haqida xabar qilindi.
Ijodi
Rayhon Toshkentda joylashgan bolalar musiqa maktabida pianino chalishni oʻrgangan. Keyinchalik u Oʻzbekiston jahon tillari universitetida ingliz tili filologiyasini oʻrgangan.
Uchinchi kursda tahsil olayotgan paytida „Xayol“ deb ataluvchi duetga asos solgan. 2000-yil yakkaxon karyerasini boshlagan. Rayhon 2002-yil chiqarilgan „Baxtli boʻlaman“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozondi. Qoʻshiq Rayhonning shu nomli albomiga kiritilgan. 2002-til qoʻshiqchi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida koʻpchilik oldidagi ilk kontsertini bergan.
Rayhon oʻzbek kino sanʼatida 2007-yilgi „Kechir“ dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Rayhon film ssenariysini yozgan va unga rejissorlik qilgan. Filmda u muvaffaqiyatli qoʻshiqchining murakkab hayotini koʻrsatib bergan. Qoʻshiqchi yana shu nom bilan ataluvchi qoʻshiqni bastalagan va kuylagan. Qoʻshiq filmning saundtrekiga kiritildi. Rayhonning rol ijro etish qobiliyatini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi baholashdi. Ammo undan keyingi yillarda Rayhon birorta ham filmda yirik rol oʻynamadi.
Studiyaviy albomlari
Rayhon shu kungacha 13 albom chiqargan.
- „Sensiz“ (2001)
- „Baxtli boʻlaman“ (2002)
- „Sevgilim“ (2004)
- „Faqat muhabbat“ (2005)
- „Yodingdami?“ (2006)
- „Sogʻindim“ (2007)
- „Doimo“ (2008)
- „Orzuinga ishon“ (2009)
- „Tabassum qil“ (2010)
- „Sevaveraman“ (2011)
- „Sevgi bu nima?“ (2012)
- „Oyijon“ (2013)
- „Izlama“ (2015)
Mukofotlari
Rayhon bir necha mukofotga sovrindor boʻlgan. U oʻzining ilk „Nihol“ mukofitni 2002-yil olgan. Bu mukofot muvaffiqiyatli oʻzbekistonlik ijodkorlarga beriladi. Oʻsha yili qoʻshiqchi „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofoti bilan taqdirlangan Bu mukofot Oʻzbekiston musiqa sanʼatida yutuqlarga erishgan shaxslarga beriladi. 2004-yil Rayhon ikkinchi marta shu mukofot bilan taqdirlandi
Rayhonning „Baxtli boʻlaman“ albomi yuqori baholandi va qoʻshiqchi 2003-yil „Yilning eng yaxshi albomi“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofoti bilan taqdirlandi. 2005-yil qoʻshiqchi „Faqat muhabbat“ albomi uchun ham aynan shu mukofotni oldi
|