Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSJuma, 17.05.2024, 07:24

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Musiqa xayotimizda [1]
Musiqaning xayotimizdagi o'rni
Burjlar va muchallar orqali xarakterni bilish [31]
Inson xarakteri qanday ekanligini va u inson sizga qanchalik darajada to'g'ri kelishini muchallar va burjlar orqali bilish.
Munosabat [3]
Sevgi borasida muammolarga duch kelyapsizmi? Balki bizning maslahatlar sizga kerak bo'lar.
Oila [1]
Mustahkam oila sirlari
Salomatlik [0]
Biznes (ish) [0]
Psixologiya [0]
Avto [0]
Go'zallik va mdda [3]
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Otabek Mutalxojayev hayoti va ijodi
Qo'shiq
Selena Gomez hayoti va ijodi
Fortepiano
Ulug'bek Raxmatullayev hayoti va ijodi
Pul toppish yo'llari
Pomidor yetishtirish
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Bodring yetishtirish
Qanday qilib issiqxona qurish
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Bilasizmi?
Sichqon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Ilon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'lishadi?
It muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Ayol go'zalligining 10 siri.
Burjlar va karyera
Qo'y muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'lishadi?
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 130
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Каталог статей

Главная » Статьи » Oila

Baxtli oila qurishning 25 siri

 

1. Turmush o`rtog`ingiz uyga kelganida «Xush kelibsiz” deb, tabassum ila qarshi oling.


 

2. Ishdan kelganida unga ko`proq e’tibor bering, kuni qanday o`tganligi haqida so`rang.


 

3. Muvaffaqiyatga erishganida yoki ishi o`ngidan kelmaganda «men” va «sen” so`zlari o`rniga «biz” ni qo`llang. Turmushda «menlik”ning «bizlik”ka aylanishi bir-biringiz uchun yashayotganingizning belgisidir.

 

4. Qanchalik haq bo`lsangiz ham, tortishishga urinmang. Tortishish er-xotin o`rtasidagi muhabbatni so`ndiradi. Bunday holatda sukut saqlang. Bir oz vaqt o`tgach, xotirjamlik bilan to`g`ri tushuntirsangiz, u sizni albatta tushunadi.

 

5. Turmush o`rtog`ingizni boshqalar oldida, ayniqsa, yaqinlari oldida pastga urmang. Aksincha, ular oldida unga ko`proq hurmat ko`rsating.

 

6. Turmush o`rtog`ingizga boshqa erkaklarning yutug`ini gapirib o`tirmang. Bilingki, har kimning o`z yutug`i va kamchiliklari bo`ladi.

 

7. Yaqinlaringiz turmush o`rtog`ingizga qandaydir yordam ko`rsatgan bo`lsalar, buni aslo uning yuziga solmang, minnat qilmang.

 

8. Uning ota-onasini, qarindoshlarini hurmat qiling, ularning kamchiliklarini aytib yurmang. Uyingizga taklif qilib, mehmon qiling va duolarini oling.

 

9. Do`stlari, yaqinlari bilan ko`rishib turishiga to`sqinlik qilmang, hadeb qistovga olib uni siqmang.

 

10. Turmush o`rtog`ingiz va uning oila a’zolariga qilgan xizmatingizni aytib, minnat qilmang.

 

11. O`zingiz ishlab topgan pulni faqat o`zingizga sarflamang. Turmushni ham moddiy, ham ma’naviy birdamlik go`zallashtiradi.

 

12. Istaklaringiz inobatga olinishi uchun unga buyruq bermang. Yaxshisi, iltimos qiling.

 

13. Oilangizda moddiy tanqislik sezilayotgan bo`lsa, buni aytib uni ranjitmang. Bu kabi muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qiling.

 

14. Turmush o`rtog`ingizga chiroyli ko`rinish uchun o`zingizga oro bering. Ishdan kelishidan avval yoki uyda ekanligida chiroyli va orasta kiyining.

 

15. Kayfiyatsiz, jahldor yoki xo`mrayib yurmang. Doim tabassum ila yurishga va go`zal xulqli bo`lishga harakat qiling.

 

16. Turmush o`rtog`ingiz uyga kelganida barcha ishlaringizni bir ozga chetga surib, u bilan o`tirib suhbat quring.

 

17. U uyda bo`lmaganida uni sog`inganingizni, kelganidan quvonganingizni va kelishini sabrsizlik bilan kutganingizni ayting.

 

18. Nimalarni yoqtirib-yoqtirmasligini bilib, ko`ngliga yoqadigan ishlarni ko`p-ko`p qilib turing.

 

19. Biror bir xato ish qilganida, «Sizga aytgandim-ku” deb aql o`rgatmang. Uning ham vaziyatini tushunishga harakat qiling.

 

20. Sizni bexosdan ranjitib qo`ysa, undan xafa bo`lib uzoq vaqt arazlab yurmang.

 

21. Biron bir iltimosingizni o`z vaqtida bajarmasa, «Mayli, hechqisi yo`q. Bu safar bo`lmasa, keyingi safar”, deb qo`ying. Keyingi gal ham unutsa, sabr va xotirjamlik bilan yana bir bor eslatib qo`ying.

 

22. Turmush o`rtog`ingizni xafa qilgan yoki ko`nglini og`ritgan bo`lsangiz, uzr so`rang va ko`proq mehr ko`rsating.

 

23. Xato qilib uzr so`raganida darhol qabul qiling.

 

24. Uydan chiqayotganida tabassum ila xayrlashing.

 

25. Ayol turmush o`rtog`idan muhabbat kutgani kabi o`zi ham unga muhabbat ko`rsatishi va doim buni bildirib turishni unutmasligi darkor.

скачать dle 11.1смотреть фильмы бесплатно

Категория: Oila | Добавил: jabbarovfurqat (03.06.2017)
Просмотров: 1807 | Теги: maslahatlar, Oila, sevishganlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Shakira hayoti va ijodi
    Munisa Rizayeva hayoti va ijodi
    Qanday qilib tonallikni topish?
    Opera
    Rustam Abdullayev
    Qanday qilib nota o'qish. 4-dars
    Farxod Alimov
    Gitara Akkordlari
    Simfoniya
    Pop musiqasi

    Copyright MyCorp © 2024
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта