Tabulatura nota yozuvining ilk shakllaridan bo‘lib, unda musiqa asari jadval shaklida, musiqiy tovushlar esa harflar, raqamlar va boshqa maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Bu yozuv odatda pardali torli asboblar uchun qo‘llaniladi.
Tabulatura olti chiziqdan iborat bo‘lib, har bir chiziq gitaraning muayyan toriga mos keladi. Odatda tabulaturaning eng yuqori chizig‘i gitaraning eng ingichka toriga to‘g‘ri keladi. Chiziqdagi raqamlar esa tegishli torda o‘sha raqamga mos keluvchi pardani bosish kerakligini anglatadi. 0 raqami torni ochiq chalish kerakligini bildiradi.
Tabulatura yana vertikal chiziqlar yordamida taktlarga bo‘linadi. Takt bu musiqa asarining bir xil vaqt davom etadigan har bir bo‘lagidir.
Tabulaturalar nota yozuviga nisbatan ancha osondir. Ammo nota yozuvidan farqli o‘laroq, tabulaturada tovushlarning uzunligi ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun o‘zingizga tanish bo‘lgan ohanglarnigina tabulatura orqali chalishni o‘rganishingiz mumkin.
Gitara tabulaturalarida akkordlar ham ko‘rsatilsa-da, ular asosan gitara yordamida ijro etilgan solo va arpedjio, ya’ni akkord notalari birma-bir chalingan ohanglarni o‘rganishda qo‘l keladi.
Hozirgi kunda qo‘shiqlarning tabulaturalari to‘planadigan onlayn omborlar juda ko‘p. www.songsterr.com saytida mavjud tabulaturalarni hech bir dastursiz ko‘rish mumkin. Masalan, saytda Bolalar guruhining „Nega men sensiz?“ qo‘shig‘ining to‘liq tabulaturasi bilan tanishishingiz mumkin. Adashmasam, bu qo‘shiq to‘liq tabulaturasi yaratilgan ilk o‘zbekcha qo‘shiqdir. Songsterr.com saytida Videodarslar bo‘limida keltirilgan yana boshqa bir necha o‘zbekcha qo‘shiqning tabulaturalarini topasiz.
Quyida Lola Yo‘ldoshevaning „Muhabbatim“ qo‘shig‘ida chalingan sodda soloning tabulaturasi keltirilgan. Uni chalishdan avval qo‘shiqni eshitib, undagi sologa e’tibor bering. Istasangiz ashulaning songsterr.com saytiga yuklangan onlayn tabulaturasini ochib qarang. So‘ngra tabulaturaga qarab ohangni chalib ko‘ring. Quyida L belgisi (inglizcha long so‘zidan olingan) notani uzunroq chalish kerakligini anglatadi.
|----------------------------|-------|----------------------------|-------|
|-----------8-----8----------|-------|-----------6-----6----------|-------|
|--5-----5--------------5L---|--5----|--3-----3--------------3L---|--3----|
|----------------------------|-------|----------------------------|-------|
|----------------------------|-------|----------------------------|-------|
|----------------------------|-------|----------------------------|-------|
|----------------------------|----------------------------|
|-----------8-----8----------|--------------8--6--4--6----|
|--5-----5--------------5L---|--5--------5----------------|

|-----------6-----6----------|--------------6--4--3--4----|
|--3-----3--------------3L---|--3--------3----------------|
|----------------------------|----------------------------|
|----------------------------|----------------------------|
|----------------------------|----------------------------|
|----------------------------|----------------------------|
|-----------8-----8----------|--------------8--6--4--6----|
|--5-----5--------------5L---|--5--------5----------------|
|----------------------------|----------------------------|
|----------------------------|----------------------------|
|----------------------------|----------------------------|
|----------------------------|----------------------------|-------|
|-----------6-----6----------|--------------3--4--3-------|-------|
|--3-----3--------------3L---|--3--------3----------------|--5----|
|----------------------------|----------------------------|-------|
|----------------------------|----------------------------|-------|
|----------------------------|----------------------------|-------|:
Guitar Pro kabi pullik hamda TuxGuitar kabi bepul dasturlar yaratilgan bo‘lib, ular yordamida mavjud tabulatura fayllarni ochib ko‘rishingiz, yangi tabulaturalarni yaratishingiz mumkin. Bu dasturlarda ham standart nota chiziqlari, ham tabulatura ko‘rinib turadi. Ular yordamida biror-bir qo‘shiqda ishlatilgan har bir asbob (gitara, bas gitara, solo gitara, barabanlar, klavishli cholg‘ular va hokazo) uchun qator (dorojka) tayyorlash mumkin, ularni istalgan tempda eshitib ko‘rish mumkin. Ba’zi bir qatorlarni o‘chirib turish, qolganlarining tovushini o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari, faqatgina bitta qatorni eshitib ko‘rish ham mumkin. Songsterr.com saytida ham ushbu amallarning ayrimlarini bajarish mumkin.
Guitar Proda ishlatish mumkin bo‘lgan tabulaturalarni bir necha saytdan bepul olsa bo‘ladi. Bunday saytlarda ham tanilgan, ham tanilmagan ijrochilarning asarlari mavjud. Masalan, www.ultimate-guitar.com saytida minglab ashulaning, jumladan, o‘zbekcha ashulalarning Guitar Pro dasturi bilan ochish mumkin bo‘lgan tabulaturalarini topasiz.
tuxguitar.herac.com.ar saytida esa TuxGuitar dasturi yordamida ochish mumkin bo‘lgan tabulaturalar keltirilgan. TuxGuitar dasturi Guitar Prodan farqli o‘laroq bepul bo‘llib, u yordamida nafaqat TuxGuitar formatidagi, balki Guitar Pro formatidagi fayllarni ham ochish mumkin. Dasturni SourceForge saytidagi sahifasidan bepul ko‘chirib olishingiz mumkin
Manba Nodir Atayev web saytidan olindi
|