Bu bo‘limda tonallik yoki ohangdoshlik tushunchasini ko‘rib chiqamiz. Hamma ashulalar biror tonallikda yozilgan. Xuddi notalar kabi 7 ta tonallik bor. Diyez (#) hamda bemol (b) notalar bilan esa 12 ta tonallik bor.
Tonalliklarni major va minor tonalliklarga bo‘lish mumkin. Shartli ravishda major tonalliklarni „quvnoq“, minor tonalliklarni esa „g‘amgin“ tonalliklar desak bo‘ladi.
Har bir tonallikning „asosiy“ tonik akkordi bo‘ladi. Uni tonika deb atashadi. Asardagi boshqa akkordlar mazkur asosiy akkordga bo‘ysunadi. Shunday ekan, tonallikni bitta asosiy notaga bo‘ysunuvchi akkord va notalar birligi, deya ta’riflash mumkin.
Har bir tonallikning asosiy akkordi tonallikning I pog‘onasidan iborat bo‘ladi. Asosiy akkord tonallikka o‘xshash bo‘ladi. Masalan, do-major tonalligining asosiy akkordi do-major yoki C akkordidir.
Qo‘shiq tonalligini o‘zgartirish uning balandligini o‘zgartirishdir. Tonallikni yuqoriga yoki pastga o‘zgartirish mumkin. Tonallikni o‘zgartirish juda oson: buning uchun asardagi har bir akkordni gitara dastasida bir xil qadam bilan yuqoriga yoki pastga siljitish kerak.
Tonallik biror qo‘shiqdagi akkordlarni aniqlashni osonlashtiradi. Chunki har bir tonallikning unga „kiruvchi“ va „kirmaydigan“ akkordlari bo‘ladi. Qo‘shiq tonalligi odatda undagi oxirgi akkordga mos keladi. Odatda har bir asar asosiy nota bilan boshlanib, o‘sha bilan tugaydi.
Har bir tonallikning o‘ziga parallel bo‘lgan tonalligi bo‘ladi. Unda aynan shu notalar, lekin boshqa tonika bo‘ladi. Masalan, do-major yoki C tonalligining parellel tonalligi lya-minor yoki A tonalligidir. Lya-minor uchun esa do major parallel tonalllik bo‘ladi.
Ashulalarda odatda bir necha akkord bo‘ladi. Bu akkordlar odatda gamma, ya’ni muayyan tovushlarning ketma-ket joylashuvining turli pog‘onalarida bo‘ladi. Odatda akkordlar gammaning I, IV hamda V pog‘onalarida joylashgan bo‘ladi. Ular mos ravishda tonika, subdominanta hamda dominanta deb ataladi. Akkordlar asosiy tonallikka o‘xshash bo‘ladi – major uchun ularning barchasi major, minor uchun esa barchasi minor (V pog‘onadan tashqari) bo‘ladi. Bir qo‘shiqda parallel tonalliklarning akkordlari ham ishlatilishi mumkin.
Tonalliklarning asosiy akkordlari keltrilgan jadvallar tuzilgan. Ularni yodlash shart emas. Shunchaki bir marta tanishib chiqish kifoya. Tonallik haqida yetuk gitarachilar uchun mo‘ljallangan manbalarda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Manba Nodir Atayev web saytidan olindi
|