Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSShanba, 14.06.2025, 12:54

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Hip-hop musiqasi
Tango
Shakira hayoti va ijodi
Qo'shiq
Qanday qilib tonallikni topish?
Pul toppish yo'llari
Pomidor yetishtirish
Qanday qilib issiqxona qurish
Bodring yetishtirish
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Bilasizmi?
Sigir muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Burjga qarab sovg’a tanlash — Saraton (22-iyun 22 iyul)
Burjga qarab sovg’a tanlash — Asad (23 iyul- 23- avgust)
Bolalarni burchlariga qarab tabriklaymiz !!!
Quyon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Birinchi uchrashuvdayoq qiz bolaga yoqib qolay desangiz…
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 167
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 5 » Qo'shiq
07:13
Qo'shiq

Turkiy halqlar orasida, sheʼrga bitilgan bir nazm shakli, qo'shiqdir. Bastalangan musiqa bilan birgalikda qo'shiq yaratiladi. Bastakorlik asosida yaratilgan asar 3-5 toʻrtliklardan iborat boʻlishi mumkin, baʼzan qisqa yoki ulkan hajmda ham boʻlishi mumkin. yangi adabiyotimizda Muhammad Yusuf bayotlari bu turda mohirlik bilan qoʻllanilgan.

Qoʻshiq — keng maʼnoda sheʼriy-musiqiy janr; vokal musiqaning eng ommalashgan, koʻproq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga moʻljallab toʻqilgan sheʼriy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompozitorlar yaratgan, ommabop musiqa yoʻnalishidagi Qo’shiqlar farqlanadi. kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qoʻshiqlari, ommaviy qoʻshiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa Qo’shiqlarga ajratiladi. Qo’shiq kuyi diapazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslanganligi, ohanglar tizimida soʻz va kuy intonatsiyalari mushtarakli-gi, sheʼriy matndagi gʻoyaviy-emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifodalanishi bilan ajralib turadi. Qo’shiqning yana oʻziga xos tomoni — sheʼriy matn va kuy shakllarining oʻzaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzilmalar (sheʼrda — band, kuyda — davr)ga asoslanganligidan iborat. Qo’shiqning sheʼriy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq Qo’shiqlari oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir (jir), terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-asrda zamonaviy Qo’shiq shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa sanʼatida Oʻrta asrdagi shoir xonandalar (Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va boshqalar)ning asarlari. meysterzingerlar sanʼati namunalari, Uygʻonish davrida yaratilgan koʻp ovozli italyan sapgopepa, nemischa 1es1, fransuzcha spapzop, 17—18-asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi Qo’shiqlar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi Qo’shiqlar, 20-asrda keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq, estrada Qo’shiqlari va boshqa professional Qo’shiqning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P.Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va boshqa, Oʻzbekistonda — Hamza, Habibiy, Sobir Abdulla, Mirtemir, Chustiy, T.Toʻla, P.Moʻmin, N.Narzullayev, Muhammad Yusuf, E.Vohidov, J.Jabborov va boshqalarning sheʼriyati qo’shiq rivojidagi xizmatlari katta.

Tor maʼnoda Qo’shiq — oʻzbek xalq ijodidagi janr; qoʻsh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7—8 hijoli barmoq vaznidagi toʻrtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. Birinchi sheʼr toʻrtligi qofiyalari aaaa, aava, aavv yoki aavs nisbatida boʻlishi mumkin. Oʻzbek Qo’shiqlarida birinchi bandi odatda 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos boʻlgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uygʻunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2—4 boʻlib, ularning oʻzaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, oʻzgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. Oʻzbek Qo’shiqlari, ashuladan farqli oʻlaroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta — seksta diapazonida) boʻlib, baʼzan doira joʻrligida ijro etiladi. Kuychan ohangli Qo’shiqlar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa Qo’shiqlarda kuychanlik xususiyatiga ega choʻzimli ohanglar uchrasada, ular koʻproq Qo’shiqning yakunlanishi arafasida namoyon boʻladi. Qo’shiqlarda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qoʻllanmasada, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror soʻzlar kelishi, shuningdek, "jon", "yor", "dod-ey" kabi undov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi.

20-asr oʻzbek bastakorlari va, ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub Qo’shiqlar janr nuqtai nazaridan oʻzida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum oʻzgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, joʻrnavoz cholgʻular, raqs unsurlarini ham koʻrish mumkin. Oʻzbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabbo-rov, Fahriddin Sodiqov, T. Jali-lov, Gʻ.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mir-zayev, BAliyev, R.Tursunov va boshqa, kom-pozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviyev, S.Yudakov, A.Otajonov, F . Nazarov, A. Nazarov, F.Alimov, Q.Komilov, bolalar uchun A. muhamedov, Ye.Shvars, Il.^Akbarov, N. Norxoʻjayev, A.Ergashev, A.Mansurov, estrada yoʻnalishida Sh.Ramazonov, Ik. Akbarov, E. Solihov, D.Omonullayeva, A.Rasulov va boshqalar Qo’shiq janrida salmoqli ijod qilgan

: 1919marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: Musiqa turlari, Qo'shiq | Reyting: 0.0/0
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Simfonik orkestr
    Karnay
    To'lqin Toshmatov
    Gitara Akkordlari
    Dilorom Omonullayeva
    Pianinoda postanovka va barmoqlar joylashuvi. 2-dars
    Lola hayoti va ijodi
    Qanday qilib tonallikni topish?
    Hip-hop musiqasi
    Iogan Sebastyan Bax

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта