Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSChorshanba, 29.04.2026, 06:38

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Tango
Qanday qilib gitarani noxun bilan chertish ( o'ng qo'l )
Eminem hayoti va ijodi
Qo'shiq
Fortepiano
Pul toppish yo'llari
Bodring yetishtirish
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Pomidor yetishtirish
Bilasizmi?
Tovuq muchali yilida tug'ilganlar qanday insonlar bo'ladi?
Burjlarning bir-biriga mos kelishi. Juftingizning muchali sizga mos keladimi? Sunbula Muchallar mos kelishligi
Soat nechida tug'ilganligiga qarab xarakterni bilish
Буржингизга қараб, ўзингизни мусбат ва манфий хислатларингизни биласизми?
Sigir muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Burjlar va dam olish muvofiqligi
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 184
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » May » 10 » Ulug'bek Raxmatullayev hayoti va ijodi
18:21
Ulug'bek Raxmatullayev hayoti va ijodi

 Rahmatullaev Ulug'bek Ibrohimovich
1982 yil 29 yanvar Toshkent shahrida, eski shaharda ziyolilar oilasida tavallud topgan. Oilada 5ta farzand: 3 o'g'il, 2 qiz. Ulug'bek oilada uchinchi farzand. Bog'cha paytida yosh Ulug'bek yurtimiz nashrlaridan birida namoyon bo'lgan. Balki o'sha davrlarda Ulug'bek
Rahmatullaevning ilk yulduzlik yurishi boshlangandir. Buni qarangki, Ulug'bek bog'cha paytida qizlardan tashkil topgan "musiqiy guruh"ga "rahbarlik" vazifasini o'tagan. 1989 yil birinchi sinfga Yunus obod tumanidagi 265-maktabga borgan. 3-sinfdan e'tiboran istiqomat manzili o'zgarganligi sababli Nazarbek dahasidagi 8-maktabga
ko'chib o'tgan. Maktab davridanoq Ulug'bekda musiqaga bo'lgan qiziqishi ko'rinib turardi. Jumladan, musiqiy fanlarda a'lo baholar bilan tahsil olgan.
6-sinfdan boshlab, 129-maktabga navbatdagi ko'chishga to'g'ri kelgan. 9 sinfni esa Chilonzor tumanida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi "Nafis san'at" litseyida davom ettirishni boshladi. 1998 yilga kelib yana Nazarbek dahasidagi 8-maktabga qaytib kelgan. Ulug'bekning maktabni ko'p almashtirganligining sababi u yaxshi o'qimaganligida emas, balki sho'xligidadir.
1999 yil Ulug'bek o'z kuchi bilan Toshkent Davlat Sharqshunoslik
institutiga tarix fakultetiga o'qishga kiradi. Institutda tahsil olib yurgan kezlari Ulug'bekning yoshligidagi orzularidan biri ushalgan. Bu ustozi
Farruh Badalboev bilan tanishish edi. Ilk qo'shig'ini 2000 yilda "Tarona Records" studiyasida yozgan. Qo'shiq nomi "Bu alam" edi. Ustozi Farruh Badalboev bilan ko'p yillik mehnat orqali professional darajada ishlashni o'rgandi. Farruh Badalboevning Ulug'bekka ilk
taqdimi "Yorim" taronasi bo'lgan. Bu tarona deyarli 9 oy davomida
ishlangan. Ulug'bek Rahmatullaev 2006 yil "Zamin FM" radiosi bosh muharriri Oybek Aliev bilan tanishgan va u inson sabab "Pan
terra" studiyasi bilan ilk marotaba shartnoma tuzgan.
2007 yil 6-7 may kunlari Ulug'bek do'sti Sardor Rahimxon bilan Xalqlar do'stligi (hozirgi "Istiqlol") san'at saroyida "Yaqinlarimga" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan. 2007 yil avgust oyida muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov tomonidan yoshlarni qo'llab quvvatlash maqasadida ta'sis etilgan "Nihol" davlat mukofoti sovrindori bo'lgan.
2007 yil oxirida esa "M&TVA-2007" taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" va "Yilning eng yaxshi klipi" mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, ko'plab
boshqa mukofotlar sovrindori bo'lgan. 
2010 yil 24-mayda oila qurdi. Shu yilning 25 sentyabr sanasida esa "Kapalak" nomli ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Shu o'tgan vaqt mobaynida 2006 yil "Sevma", 2008 yil "Sen ketding", 2010 yil esa "Kapalak" nomli audio albomlarini muxlislariga taqdim etgan. Undan tashqari "Yaqinlarimga" va "Kapalak" deb nomlangan konsert dasturlarining videolarini ham keng omma e'tiboriga tortiq etgan.

Bo'lim: Yulduzlar hayoti va ijodi | : 2058marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: Ulug'bek Raxmatullayev, Yulduzlar hayoti | Reyting: 0.0/0
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  May 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    G'ofur Qodirov
    Tarkan hayoti va ijodi
    Pop musiqasi
    Gitara Akkordlari
    Munisa Rizayeva hayoti va ijodi
    Violonchel
    Dutor
    G'ijjak
    Karnay
    Kaniza hayoti va ijodi

    Copyright MyCorp © 2026
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта