Sobir BOBOYEV
(1920-2004)
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, atoqli
kompozitor Sobir Boboyev ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan respublikamiz musiqa madaniyatiga katta hissa qo'shdi. Sobir Boboyevning opera, musiqali drama va komediyalari, simfonik, vokal-simfonik va xor asarlari, o'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun asarlari, qo'shiq va romanslari ma'naviy mulkimizga aylandi.
Sobir Boboyev 1920-yil 30-dekabrda Toshkent shahrida tug'ildi. Otasi vafot etgandan so'ng, onasi 4 o'g'il bilan qoldi. Moddiy qiyinchiliklar sababli Sobir va ukasi Nosir bolalar uyida tarbiyalandi. Bu yerda Sobir havaskorlik to'garagiga qatnashib, dutor va tanbur chalishni o'zlashtira boshladi. 7-sinfni bitirgach, Toshkent Industrial texni- kumida, keyin Pedagogika institutining tayyorlov kursida o'qidi. 1943-yili S. Boboyev hayotida buriUsh sodir bo'ldi, Toshkent Davlat konservatoriyasining tayyorlov bo'limiga o'qishga kirdi, professor Boris Nadejdin sinfida tahsil oldi. 1949-yilda Turob To'la librettosi asosida «Zumrad» nomli bir pardali operasi bilan konservatoriyani muvaffaqiyatli bitirdi.
1948—1955-yillarda O'zbekiston Kompozitorlar uyushmasi raisi lavozimida uzoq muddat faoliyat yuritdi. Samarqand opera va balet teatrida direktor, 1972— 1976-yillarda Muhid- din Qoriyoqubov nomidagi O'zbek Davlat filarmoniyasi badiiy rahbari,
1969—1978-yillarda konservatoriya muallimi vazifalarida ishladi. Kompozitor fortepiano uchun pyesa, sonatina, raqs, klarnet va fortepiano uchun «Rapsodiya», simfonik orkestr uchun suita, xor jamoasi uchun: «Navbahor», «Alla», «Fizkulturachilar qo'shig'i», «Xalqimga», «O`zbekiston» «Go'zal vodiy», «Do'stimga», «Sening qo'shig'ing» kabi romanslarga kuy bastaladi. S. Boboyev faqat sahnaviy musiqa asarlari yaratish bilan chegaralanib qolmay, qator simfonik, vokal-simfonik, lirik romanslar va qo'shiqlar, xorlar uchun asarlar yozdi. Musiqa tilining originalligi va yangiligi bilan, yorqin hamda qisqaligi bilan ajralib turardi. «Yor ketdi», «Qalb», «Meros» romanslari, «Tanovar I», «Bog' sayliga» o'xshash qator xalq qo'shiqlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otib kelmoqda.
Sobir Boboyev «Paxta bayrami» nomli IV qismdan iborat kantata, simfonik orkestr uchun II suita, K. Yashin asari bo'yicha «Fidokor», «Hamza» operalarini yaratdi. 1988-yilda Shukur Sa'dulla asari asosida bolalar uchun birinchi «Yoriltosh» operasini yaratdi. «Маупа Hasanova», «Ikki bilaguzuk», «Dalada Ьаугат», «01tin kamar» kabi musiqaU dramalarni yozdi. Xorlar uchun bir qancha asarlarni qayta ishladi. U bolalar uchun «Dastyor qiz», «Xush kelibsiz», «Aziz ustozlar», «Mehnat qo'shig'i», «Yomg'irjon» «Yoshlar valsi», «0'zbekiston» kabi qo'shiqlarni yaratdi.
Sobir Boboyev O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, O'zbekiston Davlat mukofoti laureati. «El-yurt hurmati» ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
|