Pianinoda nota nomlari deb nomlangan darsimizda pianinoning qaysi klavishi qaysi nota ekanligini o’rgangan edik. Bu darsimizda esa notalarni qanday qilib o’qishni o’rganamiz. Bu darsimiz juda xam muxim va mukammal o’rganishimiz kerak bo’lgan dars. Kerakli joylarni blaknotingizga yozib olishni unutmang.
Rasmga etibor bering bu nota yoli.
Rasmda beshta chiziq tasvirlangan va bu bizning nota yo’limiz. Bu chiziqlarda va chiziq oralarida notalar joylashadi. Rasmga et’ibor qilamiz notalarimiz bu chiziqlarda qanday joylashar ekan. Nota nomlarini esa birinchi darsimizda o’rgangan edik bu sizning yodingizda bo’lishi kerak. Qarang nota yo’lida notalar joylashishi.
Nota yo’limizning boshida tushinarsiz bir rasm chizilgan turibti bu nima ekan deb o’ylayotgandursiz, bu skripka kaliti deb ataladi bu kalit xaqida pastroqda yozib o’taman xozr esa notalar xaqida.
1. No’ta yo’li pastdan yuqoriga qarab sanala boshlaydi.
2. Notalar xam nota yo’liga pastdan yuqoriga qarab yoziladi. Notalar qancha yuqoriga yozilsa nota ovozi xam shuncha yuqori pardada bo’ladi.
3. Yodingizda qolishi uchun bu rasmni blaknotingizga yozib oling.
Endi xar bir notani nota yo’lida koramiz va pianinoklavishida xam.
Do notasi. Yaxshilab e’tibor bering bu nota uchun biz qoshimcha yani yordamchi chiziq chizdik va do notasi shu yordamchi chiziqda joylashadi.
Re notasi birinichi chiziqning tagida joylashadi.
Mi notasi birinchi chiziqda joylashadi.
Fa notasi birinchi va ikkinchi chiziq orasida joylashadi
Sol notasi ikkinchi chiziqda joylashadi
Lya notasi ikkinchi va uchinchi chiziq orasida joylashadi
Si notasi uchinchi chiziqda joylashadi
Do notasi uchinchi va to’rtinchi chiziq orasida joylashadi
Sizda savol tug’ilishi mumkin nega bu yerda ikta do notasi lekin xar-xil joylarda degan. Esingizda bo’lsa biz siz bilan pianino oktavalari xaqida gaplashgan edik. Mana birinchi yordamchi chiziqda joylashgan do notasi birinchi oktavaga tegishli ikkinchi yuqorida uchinchi va to’rtinchi chiziqlar orasida joylashgan do notasi esa ikkinchi oktavaga tegishli.
Skripka kaliti
Xar doyim nota yo’lining boshida skripka kaliti chiziladi.
Skripka kaliti oktavani belgilaydi. Agar skripka kaliti nota yo’liga chizilgan bo’lsa shu beshta chiziqga chizilgan notalar birinchi oktavaga tegishli bo’ladi ( yordamchi chiziqga chizilgan do notasi xam bunga kiradi). Skripka kaliti sol kaliti deb xam yuritiladi. E’tibor bering kalit ikkinchi chiziqdan chizila boshlanyapti va xuddi shu ikkinchi chiziqda sol notasi joylashadi.
Yana musiqada bass kaliti xam mavjud. Bass kaliti notalar kichkina oktavaga tegishli ekanligini bildiradi. Lekin xozir bu xaqida gaplashmaymiz chunki biz xozr faqatgina nota o’qishni o’rganyapmiz.
Yoramchi chiziqlar
Bitta pastda joylashgan yordamchi chiziqni biz siz bilan ko’rdik unda do notasi joylashgan edi. Lekin siz boshqa yordamchi chiziqlarni xam uchratishingiz mumkin ular tepada xam pastda xam joylashgan bo’lishi mumkin.
Boshlanishiga bularni yod olishingiz uncha muxim emas. Bu qaysi notaligini bilishingiz uchun esa siz bilgan notadan yuqoriga yoki pastga qarab sanab tushsangiz bo’lgani.
Masalan: Yuqorida joylashgan birinchi yordamchi chiziqda turgan notani bilmoqchi bo’lsangiz ikkinchi oktavada joylashgan do notasidan (uchinchi va to’rtinchi chiziqlar orasidagi do notasini nazarda tutyapman) boshlab sanang do, re, mi, fa, sol, lya va yuqorida turgan birinchi yordamchi chiziqga kelib to’xtadik. Demak bu nota lya notasi ekan.
Keyinchalik albatta bularni yoddan bilishingiz kerak bo’ladi. Agar siz no’talarni o’rganib pianinoni yaxshi chalmoqchi bo’lsangiz.
Diyez va bemol belgilari qanday yoziladi?
Biz diyez va bemol belgilari xaqida ma’lumotga egamiz bu xaqida pianinoda nota nomlari deb nomlangan darsimizda aytib o’tgan edik. Endi esa nota yo’lida ular qanday yozilishini o’rganamiz.
Ushbu rasmda diyez va bemol belgisi fa notasiga qo’yilgan. Lekin ular barcha notalarga qo’yilishi mumkin. Nota savodida bu belgilar notadan oldin qoyiladi va notadan keyin o’qiladi diyez yarim ton kotarish bemol yarim ton pasaytirish kerak ekanligini bildiradi.
Mashq
Nota yozish uchun maxsus musiqiy daftar tuting yoki oddiy daftarga o’zingiz nota yo’li chizib olsangiz xam bo’laveradi. Tutgan daftaringizga ikkinchi rasmni yozing avvaliga tartib bilan do, re, mi, fa, sol, lya, si, do so’ngra teskarisiga yozing ancha qo’lingiz kep qolgandan so’ng aralashtirib yozib ko’ring masalan: si, fa, lya, do, sol, re, mi. Koproq mashq qiling shunda notalarning joylashuvi xam yodingizda qoladi va notalarni tez o’qishni o’rganasiz.
Biz siz bilan pianino uchun nota o’qishni o’rgandik bu bilan faxrlansangiz va do’stlaringizga aytsangiz bo’ladi. Endi siz ko’proq mashq qilib notalar joylashuvini o’rganishingiz kerak. Keyingi darsimiz bundanda qiziq bo’ladi chunki endi biz siz bilan kuy chalishni o’rganamiz. Siz ancha narsani bilib oldingiz siz bunga tayyorsiz deb o’ylayman. O’zingiz nima deysiz?
|