Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSPayshanba, 31.07.2025, 10:20

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Selena Gomez hayoti va ijodi
Qo'shiq
Otabek Mutalxojayev hayoti va ijodi
Tango
Shaxzoda hayoti va ijodi
Pul toppish yo'llari
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Bodring yetishtirish
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Pomidor yetishtirish
Qanday qilib issiqxona qurish
Bilasizmi?
Maymun muchali yilida tug'ulganlar qanday inson bo'ladi?
Quyon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Birinchi uchrashuvdayoq qiz bolaga yoqib qolay desangiz…
Burjlar va dam olish muvofiqligi
Sigir muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Burjga qarab sovg’a tanlash — Saraton (22-iyun 22 iyul)
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 167
Statistika

Saytda onlayn: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 22 » Qanday qilib gitarani noxun bilan chertish ( o'ng qo'l )
21:01
Qanday qilib gitarani noxun bilan chertish ( o'ng qo'l )

Noxunni ushlash

Gitara torlarini noxun (mediator) yoki barmoqlar bilan chertish mumkin. Noxun yordamida solo chalish, akkordlarni strum qilib, ya’ni muayyan torlarni terib emas, balki akkordning barcha notalarini birdaniga chalish mumkin. Noxunning yaxshi jihati, u bilan chalingan ohanglar jarangdor chiqadi, uzoq payt gitara chalsangiz ham barmoqlaringiz shikastlanmaydi.

Ammo neylon torli klassik gitaralarni odatda barmoq bilan chertishadi. Murakkab arpejiolarni ham noxun bilan chertib bo‘lmaydi, sababi noxun yordamida bir-biriga yaqin bo‘lmagan torlarni bir vaqtda chalishning iloji yo‘q..0

Noxunni ko‘rsatkich barmoq hamda bosh barmoq bilan ushlaymiz. Chalayotib noxunni to‘g‘ri ushlash kerak: uning uchigina torlarga tegishi kerak. Chap qo‘lingiz bilan yuqorida o‘rgangan akkordlarimizdan birini ushlab, o‘ng qo‘lingiz bilan noxun yordamida torlarni yuqoridan, ya’ni eng yo‘g‘on tordan pastga, ya’ni eng ingichga torga qarab birma-bir chaling.

Chertayotib qo‘lingizni bo‘sh qo‘ying. Noxun torlarga yengil tegsa bas. Aks holda, bir tordan keyingisiga o‘tish qiyin bo‘ladi.

Endi biror akkordni balandroq, tezroq chalishga harakat qiling. Noxun bilan yo‘g‘on simdan ingichka simga qarab strum qiling. Torlarning ovozi jarangdor chiqsin. Agar biror sim bo‘g‘ilayotgan bo‘lsa, chap qo‘lingiz bilan uni qattiqroq bosing.

Yuqoridan pastga strum qilishni o‘zlashtirib olganingizdan keyin, o‘ng qo‘l bilan chalishda davom eting, chap qo‘l bilan esa yuqorida o‘rgangan akkordlarimizni ushlang: Em, G, C, D.

Akkordlarni birdek pastga chalishni o‘rganganingizdan keyin, ularni pastdan yuqoriga chalib ko‘ring. Akkordlarni pastga ham, yuqoriga ham chalganda bir xil tovushga ega qilib chalishni o‘rganing. Tez ritmlarni chalishda torlarni ham pastga, ham yuqoriga qarab chertish qo‘l keladi.

Odatda torlarni pastga chertish V belgisi bilan, yuqoriga chertish esa ʌ belgisi bilan belgilanadi. Yoki pastga chertish d (inglizcha down so‘zidan olingan), yuqoriga chertish u (inglizcha up  so‘zidan olingan) bilan ifodalanishi mumkin.

Tajribangiz oshganidan keyin, eshitgan deyarli har qanday ritmingizni chala oladigan bo‘lasiz. Ammo avval osonroq ohanglarni chalishni o‘rganish kerak.

Barmoqlar bilan chertish

Barmoqlar bilan chertish uchun o‘ng qo‘l tirnoqlarini 2-3 mm o‘stirish kerak. Torlarni odatda ham tirnoqlar, ham barmoq uchlaridan foydalanib chertishadi. Ayrim gitarachilar o‘ng qo‘l tirnoqlarini ham chap qo‘lnikidan qisqa qilib olib tashlashadi hamda torlarni faqatgina barmoqlarining uchi bilan chertishadi. Bunday qilish osonroq bo‘lsa-da, bu yo‘l bilan chalingan torlarning ovozi uncha jarangdor bo‘lmaydi.

Bosh barmoqning ishi uch yo‘g‘on torni chertishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, bosh barmoq asosan bas notalarni chaladi. Tabiiyki, bosh barmoq bilan torlarni faqat yuqoridan pastga cherta olamiz. Qolgan barmoqlar bilan odatda pastdan yuqoriga chertamiz.

 

Barmoqlar bilan yana akkordlarni noxun bilan chalgandek strum qilib chalish mumkin. Barmoqlar bilan ritm chalayotganda odatda torlarni pastga 1-,2-,3-,4-barmoqlar bilan, yuqoriga esa bosh barmoq bilan chertish kerak.

Manba Nodir Atayev web saytidan olindi

Bo'lim: Qanday qilib gitara chalish | : 1949marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: Gitarani noxun bilan chertish ( o'n | Reyting: 0.0/0
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Eminem hayoti va ijodi
    Rayhon G'aniyeva hayoti va ijodi
    Qo'shiq
    Gitara
    G'ijjak
    Dilorom Omonullayeva
    Habibulla Raximov
    Fortepianoda oktavalar. 3-dars
    Tango
    Shoxrukxon hayoti va ijodi

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта