Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSShanba, 14.06.2025, 14:01

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Hip-hop musiqasi
Tango
Shakira hayoti va ijodi
Qanday qilib tonallikni topish?
Qo'shiq
Pul toppish yo'llari
Bodring yetishtirish
Qanday qilib issiqxona qurish
Pomidor yetishtirish
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Bilasizmi?
Bolalarni burchlariga qarab tabriklaymiz !!!
Burjga qarab sovg’a tanlash — Buzoq (21 aprel – 20 may)
Quyon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Burjlar va karyera
Ot muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'lishadi?
Burjga qarab sovg’a tanlash — Sunbula (24 avgust – 23 sentyabr)
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 167
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 5 » Opera
07:17
Opera

Opera (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. Opera qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. Operaning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. Operadagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya jarayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, trio va boshqalar)larda qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor roʻy berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta oʻrin egallaydi: vokal shakllarga joʻr boʻladi, mustaqil cholgʻu qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va boshqalar)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliq.

Opera sanʼatning alohida turi sifatida 16-asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. Opera keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivoji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz "liriktragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan Opera-seria — jiddiy Opera (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va boshqalar), ingliz ballada Operasi (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va boshqa 18-asr Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xususan, oʻzbek mavzulariga qiziqish kuchaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish 19—20-asrlarda yanada kengayib bevosita Oʻzbekiston bilan bogʻliq asarlar Angliya, Armaniston, Belorussiya, Rossiya va boshqalarda koʻpaydi. 19-asrda romantik Opera rivoj topdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va boshqalar), yangi milliy Opera maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va boshqalar). 20-asrda Opera— oratoriya (A. Onegger), Opera—kantata (K. Orf), kamer Opera (F. Pulenk), qoʻshiq Operasi (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, Opera janri modernizm yoʻnalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg , A. Berg , neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va boshqa Opara sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshishdi.

Oʻzbekistonda Opera janri oʻzbek musiqali dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet’el mumtoz Operasining taʼsirida yuzaga kelgan. 19-asrning oxiri 20-asr boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907-1915 yillarda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) Opera truppalari gastrolga kelgan. 1918 yildan Toshkentda Rus opera teatri oʻz faoliyatini boshlagan. 1929 yilda M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan oʻzbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat boʻlgan. Mazkur teatr sahna-sida oʻzbek tilida qoʻyilgan birinchi operalar — "Er Targʻin" (Ye. Brusilovskiy, 1937) va "Nargiz" (M. Magoma-yev, 1938)dir. oʻzbek opera va balet trup-pasi Oʻzbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939 yil S. Vasilenko va M. Ashrafiyning "Boʻron" Operasi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlabki oʻzbek operalari oʻzbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda Oʻzbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, "Layli va Majnun", 1940; "Gulsara", 1949; A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek", 1942). Shu davrda oʻzbek tilida jahon mumtoz Opera namunalari (J. Bizening "Karmen", 1944; P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin", 1947 va boshqalar) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik oʻzbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil Operalari paydo boʻldi: "Dilorom", "Shoir kalbi" (M. Ashrafiy), "hamza" (S. Boboyev), "Xorazm qoʻshigʻi" (M. Yusupov) va boshqa... Birinchi oʻzbek hajviy Operasi "Maysaraning ishi" (S. Yudakov) boʻlib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. "Yoriltosh" (S. Boboyev) birinchi oʻzbek bolalar Operasidir.

1970—1980 yillari oʻzbek kompozitorlari Opera janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — "Sugʻd elining krploni" (I. Akbarov), "Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer Operalar — "Sohilda toʻqnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi" (Hab. Rahimov) va boshqa Operalar sahnalashtirildi.

Mustaqillik davri oʻzbek Operalarida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitildi. Jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan "Hamlet" va "Makbet" Opera-dilogiyasi), hozirgi zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning "Muxtoriyat" opera-farsi, O. Abdullayevaning "Vafo", F. YanovYanovskiyning "Orkestr" Operalari), tarixiy shaxslar siymolari (M. Bafoyevning "Al-Fargʻoniy") va falsafiy mavzular (I. Akbarovning "Ibtido xatosi" Opera oratoriyasi) Opera janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumbashariy maʼnaviy kadriyatlarni tarannum etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari Opera asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.

Bo'lim: Musiqa turlari | : 3002marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: Musiqa turlari, opera | Reyting: 0.0/0
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Rustam Abdullayev
    Muhammadjon Mirzayev
    Tango
    Qanday qilib gitara sozlash mumkin?
    Sobir Boboyev
    Rubob
    Tanbur
    Dilso'z hayoti va ijodi
    Qo'ldosh Mamirov
    Pop musiqasi

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта