Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSJuma, 19.09.2025, 20:28

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Tango
Selena Gomez hayoti va ijodi
Hip-hop musiqasi
Fortepiano
Shaxzoda hayoti va ijodi
Pul toppish yo'llari
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Bodring yetishtirish
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Qanday qilib issiqxona qurish
Pomidor yetishtirish
Bilasizmi?
Burjlarning bir-biriga mos kelishi. Juftingizning muchali sizga mos keladimi? Tog' Echkisi (22 dekabr - 20 yanvar)
Burjlarga qarab sovg’a tanlash — Mezon (24 sentabr – 23 oktabr)
Qomatni go'zal asrashning 13 siri
Ilon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'lishadi?
Birinchi uchrashuvga chiqishdagi qoidalar
Tovuq muchali yilida tug'ilganlar qanday insonlar bo'ladi?
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 168
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 9 » Mutal Burxonov
19:22
Mutal Burxonov

Mutal BURHONOV
(1916-2002)

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasining muallifi, O'zbekiston xalq artisti, Hamza va Berdaq nomidagi Davlat mukofotlari sovrindori Mutal (Muta- vakkil) Burhonov hayoti va ijodiy faoliyati zamonaviy o'zbek professional san'atining rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog'liqdir.

Mutal Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoro shahrida
tug'ildi. Bolaligidan musiqaga qiziqdi va mehr qo'ydi.
Bolalik davrida oldin eski diniy maktabda, so'ngra yangi
maktablarda o"qidi. Tanbur chalishni avval amakisidan,
so'ngra Ota G'iyos Abdug"anidan o'rgandi. 1928—1932-
yillarda Samarqandda O'zbekiston musiqa va xoreografiya institutida ta'lim oldi. O'qishni bitirgach, 1932—1935- yillarda Toshkenida Hamza va Dushanbeda A. Loxutiy nomidagi drama teatrlarida sozanda va musiqa rahbari lavozimlarida ishladi, musiqa bastalashga intildi. 1935-yilda Moskva konservatoriyasi qoshida ochilgan «O"zbek opera studiyasi»da tahsil oldi. 1938-yilda Moskva konservatoriyasida professor S. N. Vasilenko sinfida o'qishni davom ettirdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan ko'ngil- lilar armiyasi safida Moskva shahri himoyasiga otlandi. 1942-yili qattiq betob bo'lib, Toshkentga qaytib davolandi, ijod bilan shug'ullandi. 1946-yildan o'qishini davom ettirib, 1949-yili Moskva konservatoriyasi kompozitorlik fakultetini muvaffaqiyatli tugalladi.

U talabalik davridayoq ilk ijodini atoqli shoir A. Loxutiy she'rlariga bastalagan «Ey bulbul» romansi va «Buti nozaninam (Mening go'zalim) qo'shig'idan boshladi.

Mutal Burhonov «Maftuningman», «Samolyotlar qo'nolmaydi», «Surayyo», «Boy ila xizmatchi», «Abu AM ibn Sino» kinofilmlariga qo'shiqlar yozdi. U birincliilardan bo'lib romans janrini respubhkamiz musiqiy hayotiga joriy etdi. Ulug' shoir Alisher Navoiy g'azallariga bastalagan «Tabassum qilmading» va Hofiz g'azaliga yakkaxon va simfonik orkestr uchun «Namedonam chi nom dorad» (Ismingni bilmayman) romans-poemasi alohida o'rin tutadi. Yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun «Gullagay O'zbekiston kantatasi, «Bahor qo'shiqlari» vokal-simfonik poemasi. «Oq oltin» vals-qo'shiq poemasini yaratdi.

Alisher Navoiyning 525 yilik yubileyiga bag'ishlab Abdulla Oripov bilan hamkorlikda «Alisher Navoiyga qasida» vokal-simfonik poemasini yaratdi. M. Burhonov birinchilardan bo'lib, o'zbek, tojik, uyg'ur, afg'on va eron xalq qo'shiqlarini: «Go'zal qizga», «Sari kuxi baland», «Gulli gandum», «Bibigul» asarlarini xor uchun moslashtirdi. «Alisher Navoiy», «Hikmat», «Oygul va Baxtiyor» spektakllari uchun musiqalar yaratdi. Bolalar xori uchun «Vatan bizga mehribon», «Buxoroyi Sharif», «Ochil pahtajon», «Ey ulug' ustoz» kabi qo'shiqlarga kuy bastaladi. Yakkaxon xor va simfoniya orkestr uchun besh qismli «Abadiy xotira» nomli «Rekviyem» yaratgan. Bu asar qatag'on yillarda qurbon bo"lgan o'zbek xalqining ulug' farzandlari xotirasiga bag'ishlangan.

Kompozitor Mutal Burhonov O'zbekiston musiqa madaniyati rivojlanishida buyuk xizmatlari uchun O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, O'zbekiston xalq artisti faxriy unvonlariga sazavor bo'ldi. «Mehnat shuhrati» medali, O'zbekiston, Tojikiston va Beloruss hukumatlari faxriy yorliqlari bilan mukofotlandi.

Bo'lim: O'zbek kompozitorlari | : 4913marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: O'zbek kompozitorlari, Mutal Burxonov | Reyting: 0.0/0
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Ommabop musiqa
    Kaniza hayoti va ijodi
    Mutal Burxonov
    Shoxrukxon hayoti va ijodi
    Karnay
    Komil Kenjayev
    Polifoniya
    Farxod Alimov
    Pianinoda nota nomlari. 1-dars
    Yulduz Usmonova hayoti va ijodi

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта