Pianinoda yoki boshqa xoxlagan klavishi bor cholg’u asbobingizda oktavalar klavishlar bilan sanaladi. Do notasidan si notasiga qadar bolgan masofa bir oktava keyingi do notasidan keyingi si notasiga qadar bo’lgan masofa yana bir oktava. Xaqiqiy pianinoda 9 ta oktava bo’ladi 7 ta butun oktava 2 ta to’liqmas oktava. Rasmga etibor bering pianinoda oktava nomlari.
Bu rasmni o’zingizning pianinoyingiz bilan solishtiring agar sizda pianino bolsa. Agar sida sintezator yoki midi-klavish bo’lsa pastdan boshlab qarang. Farqini bilingchi? Rasmdagiga o’xshaydimi sintezatoringiz? Endi oktavalarni o’zingizning pianinoyingizda topishga xarakat qiling va yod oling.
Endi xar bir oktava xaqida ma’lumot olamiz.
1. Subkotroktava. Eng birinchi to’liq bo’lmagan oktava. Uchta no’tadan tashkil topadi lya, lya diyez, si.
2. Kontroktava. Bu endi pianinoda to’liq oktava xisoblanadi do notasidan boshlanib si notasidan tugaydi.
3. Katta oktava. Odatda bu oktavada ko’proq bass partyalar ijro etiladi.
4. Kichik oktava. Bu oktavada xam bass partyalar ijro etiladi.
5. Birinchi oktava. Eng ko’p ishlatiladigan oktava. Bu oktavada ko’proq ovoz sozlash mashqlari bajariladi.
6. Ikkinchi oktava. Birinchi oktavadan kam ishlatilmaydi bu oktava xam.
7. Uchinchi oktava.
8. To’rtinchi oktava
9. Beshinchi oktava. Bor yog’i bitta nota do notasidan tashkil topgan oktava.
Sintezatorda oktavalar.
Lekin sintezatorda oktavalar soni 9 ta emas. Keeling misol qilib besh oktavadan iborat bo’lgan sintezatorni olsak.
Sintezatorlarda xar doyim xam birinchi oktava o’rtada joylashgan bo’lmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilar o’ziga qulay tarzda oktavalarni almashtirib o’rnatishi mumkin. Lekin oktavalar birin-ketinligi o’zgarmasdan qolaveradi. Unda qanday toppish mumkin birinchi oktavani? Eshitish qobiliyatingiz orqali…
Birinchi oktava bu ayollarning odatiy ovozi deb olishimiz mumkin. Maslan: Do notasini olsak siz xis qilishingiz mumkin ayol kishi bilan gaplashyapman deb. Agarda siz olgan do notasi dong’illab chiqsa demak bu birinchi oktava emas bu kichik oktava.
Mana siz bilan pianinoda va sintezatorda oktavalarni ko’rib chiqdik. Endigi darsimiz nota o’qish xaqida.
|