Abdurahim MUHAMEDOV
(1923-1980)
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi,
kompozitor Abdurahim Muhamedov XX asr o'zbek
musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. U o'ziga xos ovozi
bilan musiqa ijodkorhgiga 50-yillarda kirib keldi. Uning
yaragan ajoyib link, ommabop xor qo'shiqlari, milliy
uslubda yozgan simfonik va musiqiy sahna asarlari musiqa madaruyatimizni boyitdi.
Abdurahim Muhamedov 1923-yil 10-dekabrda Toshkent shahrida nowoy oilasida tug'ildi. Tug'ma iste'dod egasi tasviriy san'at va musiqa bilan qiziqdi, qalam va moybo'yoqda har xil rasmar chizdi. Havaskorlik to'garagida mandolina, doira, damh cholg'ulardan alt, bariton chalishni o`rganib. orkestrda ishtirok etdi. 1938-yilda 7-sinfni bitirib, Toshkent sanoat texnikumiga o'qishga kirdi. O'qishni bilirgach, harbiy xizmatga chaqirildi, urushda qatnashib og'ir yarador bo'ldi. 1944-yili Toshkentga qaytdi. Bir yildan so'ng O'zbek Davlat filarmoniyasi qoshidagi O'zbek xalq cholg'ulari orkestriga ishga qabul etildi, keyinchalik O'zbekiston radiosi o'zbek xalq cholg'ulari oikestriga ishga o'tdi.
1950-yili Toshkent musiqa texnikumining o'zbek xalq cholg'ulari bo'limida o'qidi va musiqa iashga quziqdi. Toshkent Davlat konservatoriyasining tayyorlov bo'limida kompozitorlik "mutaxassisligidan saboq oldi. «Yoshlik» simfonik poemasi bilan o'qishni bitirdi. Yo'llanma bilan O'zbekiston Madaniyat vazirligi San'at Bosh boshqarmasida inspektor vazifasida ish boshladi. 1956—1957-yillarda Toshkent Davlat xotin-qizlar pedagogika bilim yurtida musiqa o'qituvchisi, 1955—1960-yillarda Toshkent telestudiyasida musiqa muharriri bo'Ub ishladi. 1974—1975-о'quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetida Musiqa nazariyasidan dars berdi.
A. Muhamedov ijodiy faoliyatining ilk davridan boshlab, zamon ruliiga mos qo'shiqlar yaratishga e'tiborini qaratdi. Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida «Jon qizlar». «Gavhari shameliiroq», «01ifta» musiqali komediyalarini yaratdi.
Yakkaxon va xor uchun ko'plab qo'shiqlar bastaladi. Bular: «Jon qizlar», «Yetti qiz», «Shohi so'zana», «Qirg'iz qiziga» «Seni eslayman», «Go'zal Farg'ona», «Jon, 0'zbekiston», «Sportchilar qo'shig'i» kabi ommaviy asarlardir. A.Muhamedov bolalar uchun ham jozibali, original qo'shiqlar yaratdi. «Yulduzcha», «Archa qo'shig'i», «Qo'g'irchog'im allayo», «Kapalak», «Tantiq qiz» kabi qo'shiqlari jajji ijrochi va tinglovchilar qalbidan joy olgan. Simfonik orkestr uchun poema va vals, o'zbek xalq cholg'u asboblari va fortepiano uchun o'zbek xalq qo'shiqlarini qayta ishladi. Uning qo'shiqlari kuyining mayinligi va milliy koloriti bilan ajralib turadi.
Abdurahim Muhamedov O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvonlari bilan taqdirlangan.
|