Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSSeshanba, 14.05.2024, 21:02

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Otabek Mutalxojayev hayoti va ijodi
Qo'shiq
Selena Gomez hayoti va ijodi
Qanday qilib gitarani noxun bilan chertish ( o'ng qo'l )
Banjo
Pul toppish yo'llari
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Qanday qilib issiqxona qurish
Bodring yetishtirish
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Bilasizmi?
Atir tanlash borasida maslahatlar
Yo'lbars muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Burjlarning bir-biriga mos kelishi. Juftingizning muchali sizga mos keladimi? Tog' Echkisi (22 dekabr - 20 yanvar)
Baxtli oila qurishning 25 siri
Ayol go'zalligining 10 siri.
Bolalarni burchlariga qarab tabriklaymiz !!!
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 129
Statistika

Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 22 » Qanday qilib gitara sotib olish.
21:35
Qanday qilib gitara sotib olish.

Leone Sanavia yasagan klassik gitara

 

Ushbu sahifada gitara xarid qilish bo‘yicha foydali maslahatlar berilgan. Avval gitara turlari haqida ikki og‘iz so‘z aytib o‘tsam. Akustik gitaralarning turli xillari mavjud. Neylon torli ispan yoki klassik gitaralar asosan barmoqlar bilan chertiladi. Bunday gitaralarning ovozi po‘lat torli gitaralarning ovozidek jarangdor bo‘lmaydi. Bu saytda asosan po‘lat torli gitaralar haqida so‘z yuritiladi.

 

Po‘lat torli gitaralarni drednout (inglizcha dreadnought so‘zidan olingan) yoki katta gitaralar, o‘rtacha kattalikdagi gitaralar hamda kichik gitaralarga bo‘lish mumkin.

Drednout gitaralari XX asrning ilk o‘n yilliklarida ishlab chiqarilgan ulkan harbiy kemalar nomi bilan ataladi, chunki bu gitaralarning qorni juda katta bo‘ladi.

 

O‘rtacha kattalikdagi gitaralar esa eng keng tarqalgan gitara turidir. Bunday gitaralardan turli xil maqsadlarda foydalanish mumkin. O‘rtacha kattalikdagi gitara bilan sahnaga chiqsangiz ham, uni sayrga chiqqanda o‘zingiz bilan olib borsangiz ham bo‘ladi.

 

Kichkina gitaralar asosan boshlang‘ich o‘rganuvchilar uchun qo‘l keladi. O‘rta Osiyoda Xitoyda ishlab chiqarilgan kichik gitaralarni osonlikcha topish mumkin. Xitoyda tayyorlangan gitarlarning ayrimlari yaxshigina bo‘lsa-da, ko‘p hollarda ular sifatsiz bo‘ladi.

 

Ayrim gitaralarga tovush olgich yoki mikrofon o‘rnatilgan bo‘ladi. Ularni tovush kuchaytirgichlarga ulash mumkin. Bunday gitaralar sahnada ijro etishda qo‘l keladi.

Ayrim gitaralarga ekvalayzer, ya’ni torlar chiqargan tovushlarning chastotasini boshqarish imkonini beruvchi moslama o‘rnatilgan bo‘ladi. Ekvalayzer yordamida xohlasangiz bas torlarning, xohlasangiz ingichka torlarning tovushiga urg‘u berishingiz mumkin.

Ba’zi gitaralarga esa sozlagich o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu moslama yordamida asbobni osonlikcha sozlash mumkin. Tabiiyki, tovush olgich, ekvalayzer va sozlagich o‘rnatilgan gitaralar odatda ancha qimmat turadi, ayniqsa sifatlilari.

 Gitara xarid qilish

Gitara xarid qilayotganda nimalarga e’tibor berish kerak? Gitara olayotganda iloji bo‘lsa gitara chalishni bilgan tanishingiz hamda sotuvchi bilan maslahatlashing. Mustaqil xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, quyida berilgan maslahatlarga amal qilishga harakat qiling.

 

Gitara olar ekansiz, asosiysi asbobni ushlab, chalib ko‘ring. Sizga uning shakli, tuzilishi, ovozi ma’qul kelsagina oling. Asbobni siz chalasiz, shuning uchun avvalo u sizga yoqishi kerak. Iloji bo‘lsa stulga o‘tirib, torlarini ochiq, ya’ni pardalarni bosmasdan bir-birdan chalib ko‘ring. Yaxshi gitara torlarini chertganingizda ularning ovozi bir xil balandlikda bo‘ladi, torlar zirillagan ovoz chiqarmaydi

So‘ngra gitaraning torlarini turli pardalarda chalib ko‘ring. Gitara sifatsiz bo‘lsa, ayrim torlarni gitara quloqlariga yaqin pardalarda bosganingizda chalinayotgan tor gitara qorniga yaqinroq joylashgan metall parda bo‘luvchilarga tegib qoladi va ovoz bo‘g‘iladi. Gitaraning dastasi gradusini egish mumkin bo‘lsa, bu muammoni hal qilish mumkin. Ammo asbobning dastasi qorniga yelimlangan bo‘lsa va dasta gradusini o‘zgartirish imkonini beruvchi bolt bo‘lmasa, bu muammoni hal qilib bo‘lmaydi.

Gitara dastasi gradusini o‘zgartirib bo‘lmaydigan ayrim gitaralarda torlar bilan dasta orasidagi masofa juda katta bo‘ladi. Bu esa chalishni ancha mushkullashtiradi. Shuning uchun iloji bo‘lsa dastasi gradusini o‘zgartirsa bo‘ladigan gitara oling. Dastasi qorniga yelimlangan gitara oladigan bo‘lsangiz, torlari va dastasi orasidagi masofa uncha katta bo‘lmaganini tanlang.

Yana gitaraning quloqlariga e’tibor bering. Sifatli gitara quloqlari torni qattiq tortganda ham kutilmaganda bo‘shab ketmaydi. Bundan tashqari, sifatsiz gitaralarning quloqlari oddiy ijro davomida ham bo‘shab qolishi mumkin. Yana quloqlar zanglab qolmagan yoki ularning ranggi o‘chib ketmagan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, asbobning qornini ko‘zdan kechiring. Qorin xarak oldida torlar tarangligi tufayli ozgina ko‘tarilib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu normal hol. Ammo qorin haddan tashqari qappayib qolgan bo‘lsa, bunday asbobni xarid qilmang.

Gitaralar turli materiallardan, masalan, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Yog‘ochdan yasalgan gitaralar odatda sifatli va shunga yarasha qimmat bo‘ladi. Ammo plastmassadan tayyorlangan yaxshi gitaralar ham uchrab turadi.

 Gitara aksessuarlari

Gitara xarid qilganingizdan keyin, unga turli aksessuarlarni olishingiz mumkin. Ular yordamida gitara chalishingiz yanada osonlashadi. Quyida eng muhim gitara aksessuarlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kamar

Eng avvalo gitara kamari haqida so‘z yuritsak. Tabiiyki, gitara kamari asbobni tik turib ijro etganda qo‘l keladi. Odatda kamarni o‘zingizga qulay qilib uzaytirishingiz yoki qisqartirishingiz mumkin.

 

Kapodastr

Kapodastr yoki kapo ochiq torlarning ovoz balandligini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Kapodastrlarda odatda prujina bo‘ladi va ular yordamida gitaraning torlari muayyan pardada siqib qo‘yiladi. Masalan, gitaraning tonini yarim ton ko‘tarish uchun kapodastr birinchi pardaning ustiga qo‘yiladi. Bir ton ko‘tarish uchun esa ikkinchi pardaga qo‘yiladi va hokazo. Kapodastr ko‘proq ochiq akkord chalish imkonini beradi.

 

Noxun

Noxun yoki mediator biror qattiq materialning kichik bo‘lakchasidir. Noxun odatda ko‘rsatkich va bosh barmoq o‘rtasida ushlanadi va u yordamida torlar chertiladi. Klassik gitarachilar odatda torlarni barmoqlari bilan chalishadi. Noxun asosan po‘lat simli va elektrogitaralarni chalishda qo‘llaniladi.

Zamonaviy noxunlar asosan plastmassadan yasaladi. Ammo suyak, toshbaqa kosasi va yog‘ochdan yasalgan turlari ham mavjud. Ilk noxunlar toshbaqa kosasidan yasalgan. Keyinchalik toshbaqalarning soni kamaygani uchun ulardan noxun yoki boshqa narsa yasash taqiqlangan. Hozirgi kunda taqiqdan avval toshbaqa kosasidan yasalgan noxunlar juda qadrlanadi.

Noxunning shakli va o‘lchami har xil bo‘ladi. Jazz musiqada ishlatiladigan noxunlar kichik bo‘ladi. Bas gitara noxunlari esa katta bo‘ladi. Noxun qalinligiga qarab ishlatiladi. 0,2 mm dan 0,5 mm gacha bo‘lgan yupqa noxunlar odatda ritm chalish uchun ishlatiladi. 0,7 mm dan 1,5 mm yoki undan ham qalin bo‘lgan noxunlar esa asosan solo chalish uchun qo‘llaniladi.

 

Oyoq kursichasi

Oyoq kursichasidan odatda klassik gitara ijro etishda foydalaniladi. Kursicha metall torli akustik gitarani chalishni ham qulaylashtiradi. Balandligini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan kursicha olishni tavsiya qilaman.

 

Sozlagich

Har bir ijrochi o‘z gitarasini sozlab turishga majbur. Har qanday gitara uzoq ijrodan keyin o‘z sozini yo‘qotadi. Qolaversa, asbobga yangi tor qo‘ygandan keyin ham uni sozlash kerak bo‘ladi.

Gitarani sozlashning juda ko‘p usullari bo‘lib, ular bilan Gitara chalish asoslari sahifasida tanishishingiz mumkin. Eng qulay sozlagich elektron sozlagich yoki tyuner bo‘lib, u yordamida gitarani sozlash juda osondir.

 

Tirgak

Gitarani chalib bo‘lganingizdan keyin, uni biror yerga qo‘yishingiz kerak. Har safar uni g‘ilofiga solishni istamasangiz, gitara uchun tirgak olishingiz mumkin. Tirgaklarning turli-tuman xili mavjud. Muhimi, tirgak gitarani yaxshi ushlab tursa bas.

 

Tor buragich

Tor buragich o‘ta muhim aksessuar emas, ammo gitaraga yangi tor qo‘yishni ancha osonlashtiradi. Yangi torni qo‘l bilan burash mashaqqatli va anchagina vaqt oladi. Buragich esa bu jarayonni osonlashtiradi. Tor buragich uncha qimmat turmaydi, shuning uchun uni olib qo‘yish ziyon qilmaydi.

 

G‘ilof

Gitara bilan birga uni saqlash va olib yurish uchun g‘ilof ham olish kerak. Eng yaxshi g‘ilof chemodan kabi qattiq materialdan yasalgan g‘ilofdir. Ammo ular odatda ancha qimmat turadi. Shunday bo‘lsa-da, yuqori sifatli gitara xarid qilsangiz, albatta qattiq g‘ilof oling.

Mochalka bilan qoplangan yumshoqroq g‘iloflar ham gitarani yaxshigina saqlaydi. O‘ta yupqa g‘iloflar esa gitarani changdan saqlay oladi xolos.

Taylor gitarasi g‘ilofi

Yangi tor sotib olish

Gitara torlari vaqt o‘tishi bilan eskiradi, ovozi o‘zgaradi, uzilib qoladi. Torlarni almashtirayotib nimalarga e’tibor berish kerak?

Odatda bir dona tor uzilsa ham barcha torni almashtirish kerak. Chunki yangi sotib olingan torlar eskillaridan farq qiladi. Torlarni almashtirishni eng yo‘g‘on tordan boshlash kerak. Buning uchun tegishli quloqni burab, yo‘g‘on torni bo‘shating. So‘ngra pastki xarakdagi ponachani chiqarib, torning ikkinchi uchini bo‘shating.

 

Yangi torning xalqali uchini xarakdagi teshikka kiriting va ponacha bilan torni mahkamlang. Torning ikkinchi uchini quloqning teshigidan o‘tkazib, o‘zini-o‘zi ushlay oladigan bo‘lguniga qadar quloqni burang. Sozlagich yordamida yangi torni tegishli balandlikka ko‘taring. Ushbu jarayonni qolgan torlar bilan takrorlang.

Torlarni bir-birma almashtirish kerak. Chunki hammasini birdaniga bo‘shatib olib, ketidan yangilarini qo‘yish asbob dastasiga oshiqcha bosim o‘tkazishi mumkin.

Yangi torlarni qo‘yib bo‘lganingizdan keyin, ma’lum vaqtgacha ularni tez-tez sozlab turishingizga to‘g‘ri keladi. Torlar cho‘zilib, moslashib olganidan keyin, asbob sozi buzilmaydigan bo‘ladi.

Elektrogitara haqida ikki og‘iz so‘z

Bu saytda asosan akustik gitara chalish sirlari haqida so‘z yuritiladi. Elektrogitara haqida esa oz ma’lumot berilgan. Ammo bu muammo emas, chunki akustik gitara bilan elektrogitara o‘rtasida uncha katta farq yo‘q. Akustik gitara chalishni o‘rgangan odam elektrogitara chalishni nisbatan oson o‘zlashtiradi.

Akustik gitara tovushni qorni yordamida balandlatib beradi. Shuning uchun uning ovozini oddiy sharoitlarda kuchaytirish shart emas. Ammo elektrogitarani chalish uchun ovoz kuchaytirgich kerak bo‘ladi. Elektrogitaralar ovoz oluvchilar orqali metall torlarning tebranishini elektr audio signallarga aylantiradi. Bu siganllar radiokarnaylar yordamida eshittiriladi. Ammo elektrogitaradan chiqqan signal radiokarnayga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash uchun juda kuchsiz bo‘lgani sabab bu signal radiokarnayga berilishidan avval kuchaytiriladi.

Elektrogitaraning yaxshi jihatlari ko‘p. Zamonaviy elektrogitaralar minglagan ovoz chiqara oladi. Elektrogitaradan chiqqan signal elektron signal bo‘lgani uchun uni osonlik bilan elektron sxemalar yordamida turli xil qilib o‘zgartirish mumkin. Shu sabab elektrogitaralar yordamida sokin ohanglarni ham, atrof-muhitni larzaga soladigan kuchli musiqalarni ham ijro etish mumkin.

 

Elektrogitaraning juda ham ko‘p turi bor. Masalan, elektrogitaraning qattiq qorinli, yarim akustik, elektro-akustik turlari mavjud. Torlarning soni ham har xil bo‘ladi. Hatto bitta torli gitaralar mavjud. To‘rt, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, o‘n ikki torli turlari ham bor. Ikkita dastali elektrogitaralar ham keng tarqalgan.

Elektrogitara xarid qilishni istasangiz, gitara chalishdan xabari bor tanishlaringiz hamda sotuvchi bilan maslahatlashing.

Elektrogitaralar odatda og‘ir bo‘ladi. Siz tanlagan gitara o‘ta og‘ir bo‘lsa kichikroq, yengilrog‘ini izlang.

Elektrogitara xarid qilayotib albatta uni ovoz kuchaytirgachga ulab, tekshirib ko‘ring. Ulaganingizdan keyin, turli effektlarini ishlatib ko‘ring.

Boshlang‘ich gitarachilar soddaroq elektrogitara olishsa ham bo‘laveradi. Oddiyroq elektrogitaralarda ovoz olgichlar ikkita bo‘ladi. Qimmatroq modellarda uchta ovoz olgich bo‘ladi. Yana gitarada o‘ta ko‘p tugma va funksiyasi bo‘lsa, uni olmang. Funksiyasi ozroq gitaralar uzoq vaqt xizmat qiladi.

Elektrogitarani tovush kuchaytirgichsiz chalib bo‘lmagani uchun bu moslamalar haqida ham ikki og‘iz so‘z aytsam.

 

Ovoz kuchaytirgichlarning eng keng tarqalgan hamda eng qulay turi kombo deb ataladi. Ularda ham ovoz kuchaytirgich, ham radiokarnay bo‘ladi. Yirik sahnalarda ijro etishda odatda alohida ovoz kuchaytirgich hamda radiokarnaylardan foydalaniladi.

Xona sharoiti uchun kamida 15 vatt chiqaradigan hamda radiokarnayi kamida 20 sm bo‘lgan kombo ayni muddaodir. Bundan kichik kombolarning ovozi sustroq bo‘ladi.

Ovoz kuchaytirgich sizning gitarangiz bilan yaxshi ishlashini tekshirib ko‘ring. Gitaradagi har bir ovoz olgichni yoqib, tekshirib ko‘ring. Kombodagi ekvalayzer tugmalarini ham burab ko‘ring. Yaxshi gitara va yaxshi kombo past balandlikda ham tiniq ovoz chiqaradi.

Manba Nodir Atayev web saytidan olindi

Bo'lim: Qanday qilib gitara chalish | : 2216marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: Qanday qilib gitara sotib olish. | Reyting: 0.0/0
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
DuSeChorPayJuShYak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Otabek Mutalxojayev hayoti va ijodi
    Toxir Sodiqov "Bolalar guruxi" xayoti va ijodi
    Qanday qilib bolalarga kuylashni o'rgatish.
    G'ofur Qodirov
    Alisher Uzoqov hayoti va ijodi
    Yunus Rajabiy
    Rayhon G'aniyeva hayoti va ijodi
    Rahmatjon Tursunov
    Qanday qilib gitara sotib olish.
    Qo'ldosh Mamirov

    Copyright MyCorp © 2024
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта