Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSYakshanba, 15.06.2025, 02:05

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Hip-hop musiqasi
Tango
Shakira hayoti va ijodi
Qanday qilib tonallikni topish?
Qo'shiq
Pul toppish yo'llari
Bodring yetishtirish
O'zbekistonda birinchi marotaba pul ishlash uchun PTC sayt
Qanday qilib issiqxona qurish
Pomidor yetishtirish
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Bilasizmi?
Yo'lbars muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Soat nechida tug'ilganligiga qarab xarakterni bilish
Ilon muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'lishadi?
Baxtli oila qurishning 25 siri
Maymun muchali yilida tug'ulganlar qanday inson bo'ladi?
Burjga qarab sovg’a tanlash — Saraton (22-iyun 22 iyul)
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 167
Statistika

Saytda onlayn: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 1 » Nadim Norxo'jayev
10:05
Nadim Norxo'jayev

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi,
O'zbekiston Davlat konservatoriyasi professori, kompozitor Nadim Norxo'jayev o'zining jozibali musiqiy asarlari, ayniqsa, estrada va bolalar uchun yaratgan qo'shiqlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo'ldi.

1947-yil 24-dekabrda Nadim Norxo'jayev Toshkent
shahrida ziyolilar oilasida tug'ildi. Nadimning ota-onalari
o'g'illarining musiqaga qiziqishini sezib, umumta'lim
maktabining 5-sinfidan R. Glier nomidagi maxsus musiqa
maktab-internatiga berdilar va u bu yerda tanbur chalishni
o'rgana boshladi. Nadimning musiqa nazariyasi va
bastakorlikka qiziqishini inobatga olgan holda, uni 1963-yiH Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga o'tkazishadi.
Mashhur kompozitor Rumil Vildanovdan musiqa sirlarini
o'rgandi. 1967-yil simfonik orkestr uchun bastalagan «
Suita
»si bilan a'lo baholarga o'qishni bitirdi. O'sha yili Toshkent Davlat konsenatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o'qishga kirdi. Bu oliy dargohda kompozitorlik bo`yicha Georgiy Musheldan, cholg'ulashtirishdan Aleksandr Kozlovskiydan saboq oldi N. Norxo'jayev konservatoriyani imtiyozli diplom bilan bitirib, Bekobod musiqa bilim yurtiga ishga yo'llanma oldi.

Harbiy xizmatni o'tab yurgan davrda vokal-cholg'u estrada ansamblini lashkil etib, konsertlar bera boshladi. U o'z faoliyatida qo'shiq janriga ko'proq ahamiyat berdi- 1968—1972- yillarda musiqa maktabida, 1972—1975-yillari Bekobod musiqa bilim yurtida, musiqa maktabida o'qituvchi va bo'lim mudiri bo'lib ishladi. 1975—1976-yillarda «Melodiya» finnasining ovoz yozish studiyasida bosh muharrir vazifasida ishladi. A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida o'qituvchi, katta o'qituvchi, dotsent bo'lib, ayni paytda Yu. Rajabiy nomidagi Toslikent pedagogika bilim yurtida o'qituvchi, 1998-yildan buyon Toshkent Davlat konservatoriyasi estrada ijrochilik kafedrasi mudiri, 2003-yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda.

N. Norxo'jayev fortepiano uchun 3 ta pyesa, 4 ta preludiya, 2 ta variatsiya. sonatina, «Luq- malar» nomli miniaturalar turkumi, so'zsiz qo'shiq, fortepiano uchun 2 ta sonata, skripka va fortepiano uchun pyesa, torli kvartet, fortepiano va simfonik orkestri uchun «Konsertino», IV qismli simfonik suita, I qismli simfoniya va ko'pgina qo'shiqlar yaratdi.

N. Norxo'jayev ijodida qo'shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq estrada va bog'cha bolalari hamda maktab o'quvchilariga atab qo'shiqlar yaratdi. Yosh bastakorning bolalar uchun 1975-yilda yozgan *Hakkalar» ilk Estrada qo'shig'i «Paxtaoy» nomli vokal cholg'u ansambli ijrosida mashhur bo'lib ketdi. Jumladan, «Yaxshi bola», «Dangasa», «Eh, orzular», «Antiqa musobaqa», «Diyor madhi», «Balig'im», «Salom bergan bolalar», «Sayyoraxon», «Chamandagi gullarmiz», «Boboxo"roz», «Dono bola» kabi qo'shiqlari «Bulbulcha» bolalar xori ijrosida ommalashib ketgan. Bolalar xori uchun «Hafta» kantatasi, «Daraxtlar suhbati» xor suitasi, o'zbek xalq qo'shiqlarini xor uchun qayta ishladi. «Osmondagi oy», «Chori chambar», «Kavushim», «Chuchvara qaynaydi» qo'shiqlari shular jumlasidan.

Nadim Norxo'jayev O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Respublika «Ofarin — 2000» ko'rik-tanlovi sovrindori, O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi qo'shiq sho'basi raisi, respublikamizda o'tkazilayotgan turli ko'rik-tanlovlarda jyuri hay'atlarining faol ishtirokchisi.

Bo'lim: O'zbek kompozitorlari | : 9107marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: O'zbek kompozitorlari Nadim Norxo'j | Reyting: 3.0/2
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Tarkan hayoti va ijodi
    Men xam qo'shiq aytaolamanmi?
    Qanday qilib nota o'qish. 4-dars
    Pianinoda nota nomlari. 1-dars
    Dilso'z hayoti va ijodi
    Iogan Sebastyan Bax
    Rubob
    Gitara
    Muxtor Ashrafiy
    Ommabop musiqa

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта