Bolalar uchun oddiy musiqa mashqlari
Ko’p ota onalar farzandiga musiqiy mashg’ulotlar uchun vaqt topaolmayotganligiidan nolishadi. Lekin shunday mashg’ulotlar borki bu mashg’ulotlarni ish bilan band vaqtingizda xam bajarishingiz mumkin.
1. Musiqiy mashg’ulot “Xamma raqsga tushsin”
Bu mashq bolangiz ritmni xis qilishga o’rgatadi. Bu mashg’ulotni uyni yig’ishtirayotgan vaqtda, masalan bolangizni xonasini tozalayotganingizda, uni o’yinchoqlarini yig’ishtirayotganda yoki pollarni artayotganda bajarish mumkin. Ishni boshlashdan oldin birinchi navbatda kim boshliq bo’lishini kelishib oling farzandigiz bilan (dastlab katta yoshdagi odam boshliq bo’lishini tavfsiya qilaman kunlar o’tib kichkintoylarni boshliq qilish xam mumkin bo’ladi). Agar imkoniyatingiz bo’lsa quvnoq musiqa qo’yib ishni boshlang.
Tozalash ishlarini xar bir bosqichida boshliq vazifa berib boradi. Vazifalar oddiy, tushinarlik va albatta musiqiy bo’lishi kerak. Masalan o’yinchoqlarni raqsga tushib yig’ishtirish. Yoki pollarni musiqa ritmiga mos ravishda artish xuddi sizning qo’lingizda shvabra emas ballerina siz bilan raqsga tushayotganday. Sizga ishontirib aytamanki shunday mashg’ulotlardan so’ng uy tozalash ishlari siznging va farzandingizning sevimli mashg’ulotiga aylanadi.
2. Mashg’ulot “Menga kuylab ber”
Bu mashg’ulotni xoxlagan vaziyatda bajarish mumkin. Farzandingiz bilan xar yarim soatda musiqiy oxangda gaplashing. Masalan, oddiy gapirishni o’rniga “Kechki ovqat tayyor bo’ldi endi qo’llarimizni yuvamiz” deya mashxur qo’shiq oxangiga solib kuylang. Farzandingizni xam xuddi shunday javob berishga o’rgating. Avvaliga bu mashg’ulotlar qiyin bo’lib tuyilishi mumkin ammo farzandingiz qiziqqadigan mavzu yoki biror qiziqarlik o’yin taklif qilsangiz o’zingiz xam sezmay qolasiz qanday qilib kuylab gaplashayotganingizni.
3. Mashg’ulot “Tovushni top”
Bu mashg’ulot tushinarlik eshitishga, so’zlashishga va savodli yozishga yordam beradi. Bu mashg’ulot biror narsani kutayotgan vaqtingizga juda xam to’g’ri keladi, masalan, bekatlarda mashina kutayotganingizda. Sizga kichikroq yengil vaznga ega bo’lgan kaftga sig’adigan koptok kerak bo’ladi. ( tenis to’pichalik )
Farzandingiz gapirishga qiynalayotgan ikta so’zni tanlang va eshitish qobiliyatini rivojlantiring. Undan so’ng koptokni bolaga berib ovoz chiqarib gapiring so’ng bola qaytarib sizga koptokni berib gapirsin. Agar so’zlar orasida siz tanlagan qandaydur so’z bo’lsa koptokni tepaga oting va chapak chaling. Agar bunday so’zlar bo’lmasa koptokni yangi so’z bilan qaytarib berishi kerak. Ota-onalar xam farzandlari bilan tengma-teng kerakli so’zlarni topib gapirishlari juda xam zarur. Bu mashg’ulotni o’yinga aylantiradi va kutilgan natijaga erishishga juda xam tez yordam beradi.
4. Mashg’ulot “ Sexrli zoopark”
Bu mashg’ulot ozgina tayorgarlikni talab qiladi. Bu mashg’ulotni kunning birinchi yarmida o’tkazgan maqul.
Avvaliga sexrli zooparkizda yashaydigan jonzotlarni o’ylab toping bu ertakdagi qaxramonar bo’lishi mumkin (masalan, dev, ajdar) yoki allaqachon qirilib ketgan jonzotlar (dinozavr). Bitta mashg’ulot uchun 3-5 jonzot yetarli bo’ladi. Farzandingizga bu xayvon qanday xarakatlanadi va ovoz chiqaradi deb topshiriq bering. Farzandingiz bilan birga siz xam xarakat qiling doyimiy ovozlar va xarakatlardan tashqari yangi xarakatlar qo’shib boring. Sizning sexrli zooparkingizdagi xayvonlar xafa bo’lganda nima qiladi, jaxli chiqganda, xursand bo’lganda nima qilishlarini qo’shib boring.
5. Mashg’ulot “Shovqinli kechki ovqat”
“Shovqinli kechki ovqat” xuddi barcha musiqiy mashqlar kabi mashg’ulot. Mashg’ulotni yaxshi kayfiyatda dam olib bo’lgach o’tkazgan maqul. Bu mashg’ulot ovqat tayorlash jarayoni uchun maxsus mo’ljallangan. Bu harakatlarni muvofiqlashtirishni yaxshilaydi va tasavvur, marom tuyg’ularini rivojlantiradi. Mashg’ulot uchun oshxonangizda bosh joy kerak bo’ladi yoki oshxona yonida, xavfsiz xarakat qilish uchun.
Farzandingizga sabzavotlar to’plamini taklif qiling, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi va karamning kichik bo’lagi. Ovqat tayorlayotgandagi sizning xar bir xarakatingizga aloxida musiqa xamroxlik qilsin yoki farzandingiz qo’lidagi sabzavotlarga mos xarakatlar qiling. Bunda ritmli xarakatlarni va ovozlarni birgalikda bajarish juda zarur. Masalan, sabzavot to’rg’ayotganingizda ovoz chiqarib sanang, farzandingiz esa quyoncha bo’lib sanoqqa moslab sakrasin. Yerdan qo’shiq kuylab kartoshka yig’sin.
Biz yig’dik yerdan
Kottakon kartoshka
Tezroq pishaqol
Qornimiz ochguncha
Yuqorida sanab o’tgan 5 ta mashg’ulot va oyinlarni bolalar uchun xar kuni ishlatishimiz mumkin. Mashg’ulotlar oddiy, xavfsiz va judaxam foydali. Ayniqsa bolalar bu mashg’ulotlarni bajonidil bajaradi. Yanada ko’plab musiqiy ma’lumotlarni faqatgina shu saytdan olasiz.
|