Bosh sahifa | Ro'yhatdan o'tish | Kirish | RSSYakshanba, 15.06.2025, 02:47

Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi

Sayt bolimlari
Bo'lim toifalari
Chet'el cholg'u asboblari [5]
Dunyo cholg'u asboblari
O'zbek cholg'u asboblari [6]
O'zbek cholg'u asboblari
O'zbek kompozitorlari [17]
O'zbek kompozitorlari (Bastakorlari)
Chet'el kompozitorlari [3]
Rus va chet'el kompozitorlari
Musiqa turlari [10]
Musiqa turlari(Rep, rok, jaz, hip-hop)
Qanday qilib yaxshi kuylash [3]
Qanay qilib yaxshi kuylash, bolalarga qanday vokaldan dars berish haqida.
Qanday qilib gitara chalish [7]
Qanday qilib gitara chalish, sozlash va sotib olish haqida
Qanday qilib fortepiano chalish [4]
Fortepiano chalishni endi o'rganmoqchi bo'lganlar uchun no'ldan boshlab darsliklar.
Yulduzlar hayoti va ijodi [18]
O'zbek san'atkorlarining hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Mashxur maqolalar
Qanday qilib tabulaturani o'rganish?
Hip-hop musiqasi
Tango
Shakira hayoti va ijodi
Qanday qilib tonallikni topish?
Qo'shiq
Pul toppish yo'llari
Internetda pul ishlash yo’llari va ishsizlik muammosidan qutilish
Internetda onlayn so'rovlarda qatnashib pul ishlash
Qanday qilib issiqxona qurish
Videomontaj orqali pul ishlash uchun 8-ta sayt
Pomidor yetishtirish
Bodring yetishtirish
Bilasizmi?
It muchali yilida tug'ilganlar qanday inson bo'ladilar?
Baxtli oila qurishning 25 siri
Burjlar va dam olish muvofiqligi
Burjga qarab sovg’a tanlash — Buzoq (21 aprel – 20 may)
Juftingizning muchali sizga mos keladimi? Arslon Muchallar mos kelishligi.
Birinchi uchrashuvdayoq qiz bolaga yoqib qolay desangiz…
Mening savolim
Saytimga baho bering
Всего ответов: 167
Statistika

Saytda onlayn: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Bosh sahifa » 2017 » Aprel » 22 » Qanday qilib gitara sozlash mumkin?
20:32
Qanday qilib gitara sozlash mumkin?

Gitarani turli xil qilib sozlash mumkin. Eng keng tarqalgan sozlash standart sozlash deb ataladi. Bu sozlashda simlar eng ingichka simdan eng yo‘g‘on simga qarab quyidagicha qilib sozlanadi: E, B, G, D, A, E. Quyida faqat standart sozlash haqida so‘z yuritiladi.

Gitarani turli yo‘l bilan sozlash mumkin. Quyida bu usullar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Gitara sozlashda odatda avval torlarni bo‘shatib olib, keyin „pastdan yuqoriga“ sozlash kerak, chunki torni avval qattiq tarang qilib, keyin bo‘shatsangiz, asbobni chalayotganingizda torlar quloqlarni buramasangiz ham ozgina bo‘shashi mumkin. Bu esa gitara sozini buzadi.

Kamerton yordamida sozlash

Kamerton cholg‘u asboblarini sozlashda ishlatiladigan kichik asbob bo‘lib, tovush balandligi etaloni o‘laroq xizmat qiladi. Kamertonlarning ikki xili bo‘ladi: xromatik, ya’ni oktavaning barcha 12 yarim tonini o‘zida jamlagan hamda lya, ya’ni faqatgina birinchi oktavaning lya notasini chiqaruvchi kamerton.

Lya kamertoni yordamida sozlash uchun 1-, ya’ni eng ingichka torni 5-pardada bosamiz va uning tovushi kamerton tovushi bilan bir xil bo‘lguniga qadar torning qulog‘ini tegishli yo‘nalishda buraymiz. Boshida ikki tovushning unison, ya’ni bir xil balandlikda ekanligini anglash qiyin bo‘lishi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan buni o‘rganib olasiz.

Endi navbatdagi torlarni sozlaymiz. 2-torni 5-pardada bosganda uning balandligi ochiq chalingan 1-torning balandligi bilan bir xil bo‘lishi kerak. 3-tor esa 4-pardada bosilganda ochiq chalingan 2-tor bilan bir xil balandlikka ega bo‘lishi kerak. 4-, 5-, 6-torlar esa 5-pardada bosilganda o‘zidan bitta pastdagi torni ochiq chalganda chiqadigan tovushga mos balandlikda bo‘lishi kerak.

 

Boshqa cholg‘u asbobi yordamida sozlash

Gitarani boshqa cholg‘u asboblar, masalan, fortepiano yoki akkordeon yordamida ham sozlash mumkin. Buning uchun gitaraning 1-torini ochiq chalganda 2-oktavaning mi notasiga mos keladigan qilib sozlash kerak. 2-torni esa 1-oktavaning si notasiga, 3-torni 1-oktavaning sol notasiga, 4-torni 1-oktavaning re notasidagi, 5-torni kichik oktavaning lya notasiga, 6-torni esa kichik oktavaning mi notasiga mos qilib sozlash kerak.

Hushtak kamerton yordamida sozlash

Hushtak kamerton ham oddiy kamerton singari tovush balandligi etaloni vazifasini o‘taydi. Biror torni sozlash uchun hushtakning unga mos keluvchi qismini chalish, tor va hushtakning balandligi bir xil bo‘lguniga qadar gitaraning tegishli qulog‘ini burash kerak.

 

Elektron sozlagichlar

Hozirgi kunda elektron sozlagichlar yoki tyunerlar keng tarqalgan bo‘lib, ular gitara sozlashni ancha osonlashtiradi. Elektron sozlagich torlarni bo‘shatish yoki tortish kerakligini ko‘rsatib turadi. Ayrim gitaralarning o‘ziga o‘rnatilgan sozlagichi bo‘ladi.

 

Onlayn sozlagichlar

Hozirda gitarani osonlikcha sozlash imkonini beruvchi bepul onlayn sozlagichlar bor. Ularning ayrimlari kompyuter mikrofoni orqali torlarning balandligini o‘lchasa, ayrimlari shunchaki har bir torning tovushini chiqarib beradi.

Android va iOS operatsion tizimlarida ishlaydigan qurilmalar uchun ham sozlagichlar yaratilgan.

Manba Nodir Atayev web saytidan olindi

Bo'lim: Qanday qilib gitara chalish | : 3049marta o'qilgan | Muallif:: jabbarovfurqat | Nomi: Qanday qilib gitara sozlash mumkin | Reyting: 2.0/1
Fikrlar: 0
Ism *:
Email *:
Код *:
Kirish
Qidirish
...
Кalendar
«  Aprel 2017  »
Du Se Chor Pay Ju Sh Yak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Hamkorlar
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • O'qing tavsiya etamiz
    Tango
    Ommabop musiqa
    Alisher Uzoqov hayoti va ijodi
    Tarkan hayoti va ijodi
    Doni Zokirov
    Dilso'z hayoti va ijodi
    G'ijjak
    Bolalar uchun kunlik oddiy musiqa mashqlari
    Farxod Alimov
    Qanday qilib tabulaturani o'rganish?

    Copyright MyCorp © 2025
    uCoz
    Индекс цитирования. Powered by PR тИЦ SEO анализ сайта